O‘zbekiston

Buxoroliklarga uzluksiz gaz yetkazib berish uchun tunu-kun faoliyat koʻrsatayotgan “gazchi”lar

photo 198 1

Loading

11-yanvar, soat tungi 22:30, havo harorati -12 darajani ko‘rsatmoqda.

Shunday bo‘lishiga qaramay, aholi xonadonlariga gazni bir maromda yetkazib berish maqsadida gaz ta’minoti filiali va uning hududiy bo‘lim xodimlari ish faoliyatini davom ettirmoqda. Joylarda gaz maromlash qurilmalari nazorat qilinmoqda. Murojaatlar kelib tushsa, avariya-tiklash brigadalari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, tunu-kun iste’molchilarni tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari, ovqat tayyorlash jarayonida gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik zarurligini eslatib o‘tish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Qolaversa, ayni paytda sovuq ob-havo tufayli aholining energoresurslarga, qolaversa, moddiy ehtiyoji ortadi. Shu bois hududlarda tashkil etilgan Shtablar tomonidan yordamga muhtoj xonadonlarni aniqlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish bo‘yicha ham zarur choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, joylarda olib borilgan o‘rganishlardan so‘ng “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand, boquvchisi yo‘q, kam ta’minlangan xonadonlarga ko‘mir mahsulotlari bepul tarqatilmoqda

Bundan tashqari, havo haroratining pasayib ketishi, yog‘ingarchiliklar kuzatilishi sababli “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Buxoro filiali tasarrufidagi ko‘mir omborxonalari tomonidan maxsus transport vositalari yordamida viloyatning olis qishloqlarida belgilangan narxda ko‘mir va ko‘mir mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozli narxda va bepul ko‘mir yetkazib berish ishlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.