O‘zbekiston
«Hozir “ministr”ga telefon qilaman!». Buxorolik sog‘liqni saqlash vaziri fuqarolarning shikoyatlari uchun shaxsiy telefon raqamini e’lon qildi
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tomonidan 2023-yil SSV tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurash yili” deb e’lon qilingan edi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning (+998) 91-403-17-73 shaxsiy telefon raqami orqali sohadagi korrupsiyaviy holatlar yuzasidan aniq fakt va dalillarga asoslangan murojaatlar qabul qilish boshlandi.
Bundan tashqari, fuqarolar o‘z murojaatlarini quyidagi platformalar orqali ham yo‘llashi mumkin:
1. Vazirlik qoshida kunu-tun faoliyat olib boruvchi «1003» qisqa raqamli “Call-markaz”;
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari qoshida muntazam faoliyat yurituvchi «1103» qisqa raqamli “Call-markaz” lar;
3. Vazirlikning yangi ishga tushirilgan rasmiy telegram-boti – https://t.me/murojat_ssv_bot;
“Sog‘liqni saqlash vazirligi har qanday korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi va fuqarolarning hech bir murojaati e’tibordan chetda qolmaydi!”, — deyiladi xabarda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi