Salomatlik
Qaymoq qo‘shib tayyorlanadigan hamyonbop va mazali pirog retsepti
Hamyonbop mahsulotlardan tayyorlanadigan pirog oilaning barcha a’zolariga manzur kelishi shubhasiz. Qolaversa, pirog uchun ko‘p vaqt sarflash shart emas.
Kerakli mahsulotlar:
sut — 120 ml;
quruq xamirturush — 4 gr;
shakar — 45 gr;
sariyog‘ — 85 gr;
tuxum — 2 dona;
vanil shakar — 1 choy qoshiq;
tuz — 1/3 choy qoshiq;
un — 340 gr;
sariyog‘ — 75 gr;
shakar — 110 gr;
qaymoq (20% li) — 180 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
1. Avval xamir tayyorlanadi. Sut 35 darajaga qadar qizdiriladi.
2. Bir osh qoshiq shakar va xamirturush qo‘shiladi. Aralashtiriladi va sochiq bilan yopilib, 30 daqiqaga qoldiriladi.
3. Pirog xamiri uchun sariyog‘ mayda bo‘laklarga kesib olinadi va xona haroratida 30 daqiqaga qoldiriladi. Tuxum, shakar, vanil shakar va tuz bilan ko‘pirtiriladi.
4. Yumshagan sariyog‘ mikser bilan aralashtiriladi, asta-sekin tuxum aralashmasi qo‘shiladi. Bir hil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.
5. Xamirturushli sut qo‘shiladi va aralashtiriladi.
6. Un elakdan o‘tkaziladi. Yaxshilab xamir qoriladi.
7. Idishning yuqori qismi yopishqoq plyonka bilan yopiladi va bir soat davomida iliq joyda qoldiriladi.
8. Sariyog‘ bir piyola ichiga solinadi va shakar bilan aralashtiriladi, so‘ngra muzlatkichga qo‘yiladi.
9.Xamir qolipga solinadi va plyonka bilan yopilib, 30 daqiqa davomida iliq joyda qoldiriladi.
10. Keyin plyonka olib tashlanadi va ustida bir nechta kichik chuqurchalar hosil qilinadi.
11. Pech 180 darajaga qizdiriladi. Pirog yuzasiga sariyog‘ va shakarli aralashma surtiladi.
12. Taxminan 25 daqiqa davomida pishiriladi. Keyin pirog ustiga qaymoq quyib, yana 10 daqiqa pishiriladi. Yuzasi qizargandan keyin pechdan olinadi.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi