Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi buzib tashlangan 17-maktabning yangi binosi qachon quriladi?
Bugun, 17-yanvar kuni “Potrebitel Buxara plyus” Telegram-kanalida Buxoro shahridagi 17-maktab haqida murojaat e’lon qilindi.
Xususan, unda fuqarolar bundan 1,5 yil oldin shahardagi 17-maktabning binosi buzilgani lekin, haligacha yangi maktab qurilishi boshlanmaganidan shikoyat qildi. Ular maktabning yangi o‘quv muassasasi qachon qurilishi haqida ma’lumot berilishi so‘rab chiqishdi.
Bularga javoban Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat e’lon qilindi. Jumladan, Prezidentning “2023–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorga muvofiq, 2023-yilda viloyat xalq ta’limi tizimidagi 13 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilangan. Xususan, 1 ta yangi quriladi, mavjud 12 tasi esa rekonstruksiya amalga oshiriladi.
“Buxoro shahri, “Navro‘z” MFY hududida joylashgan 17-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha 990 o‘rinli o‘quv binosi qurish rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun 10,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Ayni paytda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda”, – deyiladi boshqarma xabarida.
Ta’kidlanishicha, 17-maktabning qurilish-ta’mirlash ishlari 2023-yilning avgust oyida yakunlanib, maktab binosining foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi