Jahon

Afg‘onistonda sovuq ob-havo sabab, halok bo‘lganlar ortib bormoqda

photo 1140

Loading

Afg‘onistonda anomal sovuq va qor yog‘ishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 70 kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vazirligi xabar berdi.

“ –Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qor yog‘ishi va sovuq havo tufayli Bodg‘is, G‘azni, Nimruz, G‘or, Paktika, Hirot, Qandahor va Faryob, Sari-Pul Juzjon viloyatlarida 70 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, Bodg‘is, Sari-Pul, Juzjon va Faryobda kamida 70 ming bosh qoramol nobud bo‘lgan”, — dedi vazirlikning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tezkor markazi rahbari mulla Abdulla Muhammadiy.

Shuningdek, Afg‘oniston aholisi uchun bu yilgi qish misli ko‘rilmagan darajada sovuq bo‘layotgani aytilmoqda.

Mas’ullarning fikricha, sovuq mavsumda qurbonlar sonining ko‘payishiga sabab — qashshoqlik va ishsizlik.

“– Biz xalqaro hamjamiyat, hokimiyat va hamkor tashkilotlardan mahalliy aholiga yordam berishlarini so‘raymiz. Havo ancha sovuq, odamlarning iqtisodiy ahvoli juda og‘ir”, — deydi Bomiyon viloyatida yashovchi Muhammad-Amin Xaliliy TOLO News telekanaliga bergan intervyusida.

Telekanalning boshqa suhbatdoshlari esa muhtoj oilalarga gumanitar yordam tarqatishni zudlik bilan tiklash zarur, deb hisoblamoqda.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish vazirligi vakillarining qo‘shimcha qilishicha, oxirgi 28 kun ichida mamlakatning turli hududlaridagi sovuq to‘lqindan jabr ko‘rgan 5 000 ga yaqin oilaga oziq-ovqat va nooziq-ovqat yordam to‘plamlari tarqatilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.