Jahon

Nursulton Nazarboyev ogʻir xastalik bilan kasalxonaga yotqizildi

photo 219 1

Loading

“– Nursulton Nazarboyev kasalxonaga yotqizildi, uning ahvoli jarrohlik amaliyoti qoʻllanilishini talab etishi mumkin”.

Shu mazmundagi xabarni “Xabar 24” davlat telekanalining sobiq direktori Aleksandr Aksyutits oʻzining Facebook sahifasida eʼlon qildi.

Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay esa telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti.

Eslatib oʻtamiz, Nursulton Nazarboyev hozirda 82 yoshda boʻlib, u Qozog‘iston prezidenti lavozimini 28 yil davomida egallab kelgan. 2019-yilning mart oyida esa iste’foga chiqishini e’lon qilgan. Shundan keyin u birinchi prezident va elboshi maxsus maqomlari sohibi sifatida qator ustunliklarni saqlab qoldi.

Bu ustunliklar 2000-yilda «Qozog‘iston Respublikasi birinchi prezidenti — elboshi to‘g‘risida» gi konstitusiyaviy qonunda belgilab qo‘yilgan edi. Keyinchalik hujjatga birinchi prezidentning rolini kuchaytiruvchi tuzatishlar kiritildi.

Shuningdek, kuni kecha Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Yelbashi to‘g‘risida” gi qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan, – deb topish haqida qaror qabul qilgan edi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.