Buxoro yangiliklari

Toshkentlik ayol kogonlik fuqaroni qanday qilib 3 000 000 so‘m, $200 va ₽15 000 ga uxlatib ketdi?

photo 1146

Loading

2022-yilning 16-dekabr kuni soat 14:30 lar atrofida o‘zini Tanzila deb tanishtirgan shaxs Kogon shahridagi Ahillik ko‘chasida yashovchi H. L. ning oldiga kelib, go‘yoki yangi 2023-yilda 50 000 va 100 000 so‘mlik kupyuralardagi pullar sinishini bildirib, ularni almashtirib berishini aytgan holda jabralnuvchiga tegishli 3 000 000 so‘m, $200 va ₽15 000 miqdordagi pullarini qo‘lga kiritadi.

Bu bilan ushbu shaxs o‘zganing ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan moddiy boylik orttirish jinoyatini sodir etadi.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan R. X. ismli ayol sodir qilganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda uning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari davom etmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.