Buxoro yangiliklari
17 yoshar o‘smirlar birovning uyiga kirib, 5 000 000 so‘m, $2 000 va ₽7000 miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab ketdi
2022-yilning 23 dekabr kuni noma’lum shaxs Peshko‘ tumani, “Navoiy” mahallasida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan M. S. ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uy ichidan unga tegishli bo‘lgan 5 000 000 so‘mi $2 000 va ₽7000, shuningdek 2 000 000 so‘mlik “Samsung” rusumli mobil telefonini hamda xonadon egasining chet elga chiqish pasportini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida jinoyatni sodir etgan shaxslar qisqa vaqtda ushlanadi. Ular Peshko‘ tumanida yashovchi 17 yoshli K. I. va Ch. N. bo‘lib chiqdi. Aniqlanishicha, mazkur jinoyatni voyaga yetmagan o‘g‘rilar oldindan jinoiy til biriktirib, sodir qilgan.
Hozirgi kunda ushbu shaxslarning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlari davom etmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi