Buxoro yangiliklari

Buxorodagi “Med institut” 100 mln so‘mlik interaktiv doskani 1,3 mlrd so‘mga sotib olganmi?

photo 1158

Loading

Kuni kecha Bukharanews.uz saytining Telegram-kanalida Buxoro davlat tibbiyot instituti salkam 1,3 mlrd so‘mga interaktiv stol sotib olganligi haqida xabarlar tarqaldi. Institut matbuot xizmati mazkur xabarga rasmiy munosabat e’lon qildi.

“Davlat xaridlarini amalga oshirish uchun 2022-yilda birja savdolari orqali xarid qilinishi rejalashtirilgan qurilma birgina stoldan iborat emas, balki tibbiy ta’lim jarayonlarida zarur bo‘lgan kompleks – AcademiX 3D (“Virtumed” MChJ, Rossiya) bo‘lgan. Xususan, mazkur kompleksda virtual shifoxona mavjud bo‘lib, talabalar unda amaliyot uchun tashxis qo‘yish va odam tanasini o‘rganish uchun 3D dasturiy ta’minotidan foydalanishlari mumkin. Batafsil ma’lumot quyidagi videoda berilgan”, – deyiladi institut matbuot xizmati xabarida.


Lekin, institut tomonidan birja savdolari orqali buyurtma qilingan mazkur kompleks qurilmasi ta’minotchi tomonidan o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi sababli. 2022-yilning 16-dekabr sanasida bekor qilingan. Ya’ni, mazkur davlat xaridi jarayoni amalga oshirilmagan.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Buxoro davlat tibbiyot institutida dunyoning 10 ga yaqin mamlakatlaridan va respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 8 000 nafarga yaqin talabalar 3 ta – o‘zbek, rus, ingliz tilida tahsil olishmoqda. Talabalarga institutning yangi kampusi hamda hozir faoliyat ko‘rsatayotgan binosida zamonaviy tibbiyot ilmini o‘zlashtirishi uchun sharoit va imkoniyatlar mavjud. Ta’kidlash joizki, talabalar va tadqiqotchilar uchun yaqinda ishga tushirilishi kutilayotgan yangi binoda zamonaviy qurilmalar bilan to‘liq jihozlangan Simulyasion markaz hamda ko‘p tarmoqli klinika tashkil etiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.