Salomatlik
Uy bekalari uchun. Go‘shtni muzdan eritishning eng tez va sinalgan usuli
Go‘shtni sovitgichda saqlash ehtiyotkorlik chorasidir. Shuningdek, go‘shtni tez va xavfsiz tarzda muzdan eritish orqali juda qisqa vaqt ichida mazali taom tayyorlash mumkin. Jarayonni tezlashtirish va har qanday go‘sht bo‘lagini tezda muzdan eritishning esa bir necha yo‘li bor.
Go‘shtni xavfsiz tarzda muzdan eritishning eng yaxshi usuli uni to‘liq eriguncha muzlatkichda bir kechaga qoldirishdir. Eritilgandan so‘ng parranda go‘shti yoki dengiz mahsulotlarini yana 1 yoki 2 kun muzlatgichda saqlash mumkin, qizil go‘sht yana 3 — 5 kun davomida yaxshi saqlanadi. Muzlatgichda go‘shtni eritish usulini tanlash oldindan rejalashtirishni talab qilsa-da, uni yana qayta muzlatish imkoniyati mavjud.
Go‘shtni xona haroratida muzdan eritish haqida nima deyish mumkin? Muzlatilgan go‘shtni issiq suvda eritish yoki uni ochiq joyda eritish uchun qoldirish mumkin, degan manbalar mavjud bo’lsa-da, bu xavfli bo‘lishi mumkin. Eritilgan go‘shtning bir bo‘lagi, turi va hajmidan qat’i nazar, xona haroratida ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida qoldirilmasligi kerak. Agar go‘sht eriy boshlasa va harorat 4°C dan issiqroq bo‘lsa, muzlashdan oldin mavjud bo‘lgan bakteriyalar ko‘payib, salomatlikka zarar yetkazishi mumkin. Mutaxassislar bunday tajribalardan voz kechishni maslahat beradi.
Ko’pchilik go‘shtni sovuq suvda muzdan tushirishni afzal ko‘radi. Bu usul mikroto‘lqinli pechsiz go‘shtni tez va to‘g‘ri muzdan eritishga imkon beradi, ammo u ko‘proq amaliy tayyorgarlikni talab qiladi va bir soat kerak bo‘ladi. Muzlatilgan go‘sht bo‘lagini iloji boricha ko‘proq havoni siqib, qayta yopiladigan plastik paketga joylashtirish kerak. Katta idish sovuq suv bilan to‘ldiriladi va paket suvga botiriladi. Har 30 daqiqada suvni go‘shtni eritib turish uchun o‘zgartirish tavsiya etiladi.
Parranda go‘shti yoki dengiz mahsulotlarining kichik qismlarini bir soat yoki undan kamroq vaqt ichida eritish mumkin, katta miqdordagilar ikki-uch soat ichida eritiladi. To‘liq muzlatilgan kurkalarni eritish uchun taxminan 30 daqiqa kerak bo‘ladi. Go‘sht muzdan eritilgandan so‘ng uni qayta muzlatish tavsiya etilmaydi, shuning uchun uni bo‘laklarga bo‘lib, muzlatish yaxshiroq. Taom tayyorlash uchun kerakli bo‘lak ajratib olinadi va eritishga qo‘yiladi.
Go‘shtni muzdan eritishning eng tezkor usuli, albatta, mikroto‘lqinli pechdan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Uning yordamida mahsulotni 10 daqiqadan kamroq vaqt ichida tayyor holga keltirish mumkin. Bu usul go‘shtning mayda bo‘laklari uchun eng yaxshi variantdir.
Agar mikroto‘lqinli pechning muzdan eritish funksiyasi bo‘lmasa, quvvat past darajaga qo‘yiladi va u qisqa vaqtga yoqiladi, go‘sht muzdan eriguncha muntazam tekshirib turiladi. Ehtiyot bo’ling: juda yuqori haroratda yoki uzoq vaqt davomida qurilma go‘shtni muzdan tushirish o‘rniga pishishiga olib kelishi mumkin. Har qanday holatda, muzdan eritish tugagandan so‘ng mahsulotni darhol pishirish lozim.
Muzdan eritilmagan go‘shtdan foydalanish mumkinmi? Go‘shtni pishirish uchun ko‘proq vaqt ketadi va pishirish uchun taxminan 50% ko‘proq vaqt ajratish lozim. Afsuski, bu qovurish uchun ideal emas. Muzlatilgan go‘shtni past olovda pishirish tavsiya etilmaydi, uni iste’mol qilish xavfli bo‘lishi mumkin.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi