Texnologiyalar

Nokia va Samsung yangi hamkorlik shartnomasi imzoladi

photo 1202

Loading

Finlyandiyaning “Nokia” telekommunikatsiya kompaniyasi Janubiy Koreyaning “Samsung” korporatsiyasi bilan yangi, ko‘p yillik 5G patentlarini litsenziyalash to‘g‘risida shartnomani tuzdi. Bu haqda kompaniyalar saytida xabar joylashtirildi.

“Samsung smartfon sanoatida yetakchi hisoblanadi va biz ular bilan do’stona kelishuvga erishganimizdan mamnunmiz”, – degan “Nokia” kompaniyasi bosh direktori Jenni Lukander joylashtirgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, kompaniyalar o‘rtasidagi avvalgi kelishuv 2022-yil oxirida yakuniga yetgan.

Mazkur hamkorlik shartnomasi Nokia 5G patentlari va boshqa texnologiyalaridan foydalanganlik uchun Samsung tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishni tartibga solib, u 2023-yil 1-yanvarda kuchga kirgan. Boshqa tafsilotlar esa sir tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Nokia hozirgi kunda mobil, keng polosali va IP tarmoqlari uchun telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.