Mashhurlar
“Turmush o‘rtog‘imga bola, oila kerak emas ekan. Men shunga 4 yil chidadim” – Zuhra Soliyeva
Komedik rollarni mahorat bilan ijro etuvchi aktrisa Zuhra Soliyeva “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida hayoti davomidagi zarbalar, bolaligi va turmush o‘rtog‘ining xiyonati, farzandli bo‘lish uchun kaltaklarga chidagani, xolasi — xalq ardog‘idagi aktrisa Saida Rametova bilan oralariga sovuqchilik tushgani haqida gapirib berdi.
Hayotimda bitta narsada — shaxsiy hayotimni tiklashda umidsiz bo‘lib qolganman. Uni tiklashning iloji yo‘q, xohishim ham yo‘q. Umidni sindirganlaridan keyin uni qayta tiklash juda qiyin bo‘ladi. Hozir kim bilandir do‘st bo‘lsangiz, bu oxirigacha mening do‘stim bo‘lib qoladi, deya olmaysiz. Agar inson shunaqa yaqin topsa, yo‘qotmaslikka harakat qilishi kerak. Yaqin do‘st, ko‘nglingizni xursand qila oladigan inson topish juda qiyin.
Yaqinda bir voqeaga duch keldim. Jabrlangan, mehnat qilgan, natijada aybdor ham o‘zim bo‘ldim. Uyalmasdan erkak kishi bo‘lib meni aytmagan gaplarimga aybdor qilganlarga uchradim. Juda dilim og‘ridi. Bundan oldin hayotimda juda ko‘p zarbalar yeganman, o‘zimga nisbatan aytilgan xunuk gaplarni, dilozorliklarni ko‘rganmanki, bu u darajalik og‘ir bo‘lmadi. Turmush qurganimda ham shu narsaga duch keldim. Aybim ayol kishi ekanimni faqat o‘zim bilganim bo‘lgan. Shundan keyin qo‘limni siltab qo‘ydim. Dunyodagi har bir ayol umrini oxirigacha ayolligini his qilsin. Turmush o‘rtog‘i u bilan janjal qilganda ham ayolligini bilib tursin.
Har bir ayolning orzusi ona bo‘lish. Hayot bu orzum armon bo‘lib qolishiga majbur qildi. To‘rt yil farzandim bo‘lishi uchun turmush o‘rtog‘imning kaltaklashiga, xiyonat qilishiga, xo‘rlashiga sabr qilganman. Unga o‘zidan boshqa hech narsa kerak emas, o‘z dunyosi bor. Turmush o‘rtog‘imga bola, oila kerak emas ekan, men shunga to‘rt yil chidadim. Imkon berishim bilan dilimni og‘ritishdi. Hozir yolg‘iz bo‘lsam ham, dilim og‘rimasin deyman. Hamma bir xil emas-ku, deyishadi, ammo bir xil emasliklarini isbotlay oladigan erkak hali yo‘q.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi