Salomatlik
Ko‘k choy ichishning afzalliklari haqida
So‘nggi tadqiqotlar yoshartiruvchi tabiiy vosita haqida nima deydi? Quyida ushbu savolga javob berishga harakat qilamiz.
Ko‘k choy haqiqatan ham yoshartiradi
Ko‘k choy tarkibida epigallokatexin gallat (EGCG) deb ataladigan tabiiy birikma mavjud. Ko‘pgina tadqiqotlarga ko‘ra, bu modda hujayralarga zarar yetkazmasdan oldin organizmdagi oksidlovchilarni faolsizlantiradi. Bundan tashqari, ushbu birikma insulin ishlab chiqarilishini tartibga soluvchi ta’sirga ega.
Ko‘k choy chindan tinchlantiradi
Ko‘k choy kofeinni o‘z ichiga oladi, lekin kofeinga qo‘shimcha ravishda uning ta’sirini me’yorlashtiradigan yana bir element — teanin mavjud. Bu miyadagi serotonin va dofamin vositachilari miqdorini oshiradigan aminokislotadir. Dofamin va serotonin yaxshi kayfiyat uchun javobgardir. Sut bilan ko‘k choy ichish esa foydani 2 marta oshiradi.
Ko‘k choy vazn yo‘qotishga yordam beradi
Ko‘k choy vazn kamaytirishga yordam beradi. Lekin bir o‘zi emas, balki jismoniy faoliyat bilan birgalikda. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga 7 stakan ko‘k choy ichgan va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganlar bir oy davomida xuddi shu mashqni bajargan, lekin choy ichmagan guruhga qaraganda 3 foiz ko‘proq vazn yo‘qotgan. Mana ko‘k choyning ayollar uchun foydalari!
Ko‘k choy saratonga qarshi kurashda yordam berishi mumkin
Maqolaning boshida aytib o‘tilgan epigallokatexin gallat (EGCG) saraton hujayralarining o‘sishini to‘xtatishga qodir. Hatto saraton kasalligining oldini olish va davolash uchun ko‘k choyning foydalari haqida savollar ko‘rib chiqilmoqda. Albatta, mustaqil va yagona vosita emas, balki umumiy terapiyaning bir qismi sifatida. Olimlar esa saraton kasalligini davolashda sintezlangan epigallokatexin gallatidan foydalanish bo‘yicha tajriba o‘tkazmoqda.
Ko‘k choy ichaklarni himoya qiladi
Ko‘k choy ichak mikroflorasini oziqlantirish uchun foydalidir. Bundan tashqari, ko‘k choy jigar uchun ham ijobiy ta’sirga ega. Probiotiklar faqat sut yoki suli yormasida topilgan deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, ko‘k choy infeksiya va yallig‘lanishdan himoya qiluvchi foydali bakteriyalarni rivojlantirish uchun ajoyib manbadir.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi