Mashhurlar
Kecha eshigimning tagida duo so‘rab turganlar – bugun mensimaydi – Yulduz Usmonova
Yulduz Usmonova ishonchini suiste’mol qilgan shogirdlari, Ozodbek Nazarbekovga aytadiganlari hamda nima sababdan raqqosalar uchun kasting e’lon qilgani haqida “Daryo” nashri muxbiriga so‘zlab berdi.
“— Yana Zarina Ahmedova va uning jamoasi bilan raqslarni sahnalashtiryapmiz. Afsuski, raqs san’atida yangi yuzlar yo‘q. Xoreografiya oliy maktabida qizlar qolmaganmi? O‘z vaqtida Parizoda, Muhabbat, Muazzam G‘ofurova kabi raqqosalarni xalqqa tanishtirganman. Yana shunday qilish niyatim bor. Bu gal raqqosalarni xalq ichidan izlashga qaror qildik”, – deb gap boshladi Y. Usmonova.
Bir paytlar “O‘zbeknavo” ishlab yurganida, raqqosalarni kelmaydigan qilib qo‘ygan. Bittasi qizini u tomonga tortsa, bittasi o‘g‘lini bu tomonga tortsa, ota-onalar ham bolalarini ishonmay qo‘yadi. Shuning uchun kasting e’lon qilib, xalq ichidan iste’dodlarni aniqlashga qaror qildik. Endi har xil raqqosa bor, videolar xalq ichiga chiqib, kulgu bo‘lib ketmasligi uchun ham ularni avval o‘zimiz ko‘ramiz. Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir, – deb bejiz aytishmaydi. Balki konsertgacha yangi raqqosalarni toparman, balki topmasman. Kimdir bir kuni shuni boshlashi kerak. Hozircha bir-ikkitasini ko‘z oldimga olib turibman, — davom etdi xonanda.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ba’zi yoshlarni ish o‘rganadigan vaqtda rahbar qilib qo‘yishlari va ko‘plab muammolar shundan kelib chiqayotgani haqida ham aytib o‘tdi.
“— O‘tgan yilgi konsertimda “Kulchatoy” qo‘shig‘iga raqs tushgan qizni dadasi qaysidir ansamblga rahbar qilib qo‘yibdi. Kimga dars beradi, o‘zidan yaxshi o‘ynaydiganlarga saboq beradimi? U hali o‘z ustida ishlashi, o‘rganishi kerak. Hali nonni “nanna” deb yurgan qizni rahbar qilib qo‘ymoqda. Butun xatoliklar shundan kelib chiqyapti”, — deydi xonanda.
Yulduz Usmonova ba’zi davlat tashkilotlaridan nima uchun ranjiganini quyidagicha izohladi:
“— Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati yoki Milliy gvardiya bo‘lsin, hammasining o‘z ansambli bor. Mana bu sahnada birorta raqqosaga qattiqroq gapirsang, o‘z ustida ishlashning o‘rniga boshqaning qanotiga chopadi. Menimcha, har bir tashkilot o‘z ishini qilgani ma’qul. San’atkor – masxaraboz emas, uni hurmat qilishni o‘rganishlari kerak”, – deb aytdi Y. Usmonova
Shuningdek, xonanda raqqosalarning ota-onasi katta umidlar bilan o‘qitishini, xoreografiya oliy maktabida 4 yil saboq olganlarni katta sahnaga olib chiqib, xalqqa ko‘rsatish kerakligini ham aytib, “to‘y chiqyapti” deb uni oyog‘osti qilish kerak emasligini bildirib o‘tdi. “To‘rtta odam kelsa” raqqosani o‘ynatib, u yerdan bu yerga olib ishlatish yaramasligi ham aytildi.
Shu o‘rinda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga murojaatim bor. Yaxshi inson bo‘lsangiz, yaxshi rahbar ham bo‘lishingiz kerak. Yaxshi inson bo‘laman deb, gapirmasangiz, keyin kech bo‘ladi. Davlatdan pul ajratilyapti, homiylardan pul berilyapti. U yerda alohida ansambl, bu yerda alohida ansambl tashkil etilyapti, ammo pichoqqa ilinadigan hech kim yo‘q. Men davlatning bayramida ham o‘yinchilarga qarayman. Men ularga ichimdagilarni aytganman, ammo gaplarim yoqmayapti. Sahnalarda “qarib qolgan” raqqosalar o‘ynayapti. San‘at~ juda beshafqat, raqqosalar 32 yoshida nafaqaga chiqadi. Bu degani 15-25 yoshgacha raqqosa bosib ishlashi kerak. Agar shu gaplarimni tarsaki deb qabul qilishadigan bo‘lishsa, ikkinchi tomoniga ham urishga tayyorman. Men ularning o‘nglanishini istayman. Barcha davlat tashkilotlari Madaniyat vazirligi va san‘atkorlarni hurmat qilishlarini so‘rayman. San’atkor ko‘chadagi masxaraboz emas, Yulduz va boshqa san’atkorlar o‘z-o‘zidan katta sahnaga chiqib qolgani yo‘q. Shuning uchun ham keyingi paytlarda boshqa davlat tashkilotlariga boshqacha ko‘z bilan qaraydigan bo‘ldim. Sizlar san’atkorni qanday hurmat qilayapsizlarki, keyin bizdan nimani kutyapsizlar. Ular o‘z ishini, biz esa o‘z ishimizni qilaylik. Qayerda ko‘rgansiz, prokuratura ansambl tuzib, o‘yinga tushib yurganini?! 4 so‘m qistirib yubor, biz borib qo‘shig‘imizni aytib kelamiz. Qo‘yinglar endi, mashshoqlikni mashshoqchilar qilsin, — deydi xonanda Yulduz Usmonova.
Xonanda shogirdlardan “to‘ygani” va ayollardan ko‘p kuygani haqida ham gapirdi.
— Ayollardan ko‘p kuyganman. Nechta ayol shogird bo‘lay deb eshigimning tagida shokolad ko‘tarib turgan bo‘lsa, hofiz bo‘lganida nimalar qilganini ko‘rdinglar. Qizlarning yomon fe’li bor, ular o‘zim bo‘ldim deb o‘ylashadi. Kecha eshigimning tagida duo so‘rab turganlar – bugun mensimaydi. Hasad qilish uchun ham bitta daraxt ekish kerak. Nafaqat san’atda, hayotda ham atrofimda ayollar yo‘q. Ular bilan gapim qaynamaydi, — deydi Yulduz Usmonova.
Video:
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi