Texnologiyalar
Kompyuter (Windows va Mac) ingiz xotirasida saqlangan WiFi tarmog‘i parollarini qanday ko‘rish mumkin?
Hammamizga ma‘lumki, kompyuterda Siz ulangan WiFi tarmoqlar parollari da yashiringan ko‘rinishda bo‘ladi. Chunonchi, Siz avval ulangan WiFi paroil kompyuteringiz xotirasida saqlanadi. Biz kompyuteringiz xotirasida saqlangan barcha WiFi tarmoqlar kodlarini qanday topish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
WiFi hayotimizga kirib kelganiga ham ko‘p bo‘ldi. Uyda, ishda, o‘qishda turli xil WiFi tarmoqlariga ulanamiz. Biroq, har doim ham parollarni eslab qola olmaymiz. Kompyuterni almashtirganda yoki operatsion tizimni o‘zgartirganda, WiFi tarmoqqa qaytadan, parolni kirgizib, ulanishga to‘g‘ri keladi. Garchi unga avval ulangan bo‘lsak-da, ko‘pchiligimiz uni topa olmaymiz. Ushbu maqolada ulangan WiFi parolini hech qanday qiyinchiliksiz topish yo‘lini o‘rganamiz.
Windows yoki MacOS dan foydalanar ekansiz, ulangan tarmoq parollari tizim sozlamalarida saqlanadi. Odatda esdan chiqqan parolni boshqalar bilan baham ko‘rish muammo emas.
Qanday qilib unutilgan Wi-Fi parolini topsa bo‘ladi?
MacOS da siz kiritgan va saqlagan har bir parol MacOS uchun parollarni boshqarish tizimi “Keychain Access” da saqlanadi va bu WiFi tarmog‘i parollarini ham o‘z ichiga oladi.
Mac OS uchun WiFi tarmog‘i parolini ko‘rish
“Keychain Access” ilovasini ochish uchun qidiruv funksiyasidan foydalaning va quyidagilarni bajaring:
1. “Keychain Access” ilovasidagi System Keychains bo‘limidagi “System” tugmasi ustiga bosing;
2. Tepadagi panelda joylashgan “Passwords” bo‘limiga kiring;
3. Parolini bilmoqchi bo‘lgan WiFi tarmog‘i nomi ustiga 2 marta bosing;
4. Ochilgan oynaning past qismidagi “Show password” chekboksi ustiga bosing.
Izoh: chekboks ustiga bosilgandan so‘ng, parol ko‘rinadi, uni nusxalab olish mumkin.
Windows OS uchun WiFi tarmog‘i parolini ko‘rish
Windows da sal ko‘proq amal bajariladi, biroq parol topishga arziydi:
1. “Start” (“Pusk”) menyusidan “Control Panel” ga o‘ting > “Network and Internet” > “Network and sharing center” (Windows 11 da) yoki “Settings” > “Network & Internet” > “Status” > “Network and sharing center” (Windows 10 da) ga o‘ting;
2. “Connections” yozuvining o‘ng tomonida moviy rangda turgan Wi-Fi tarmog‘ingiz nomi ustiga bosing;
3. Ochilgan oynadan “Wireless properties” bo‘limiga o‘ting va yangi ochilgan oyna tepasidagi “Security” bo‘limiga kiring;
4. So‘ngra “Show characters” chekboksini yoqing va parol ko‘rinadi.
Izoh: Windows da ham parolni nusxalash imkoni bor.
Aytgancha, Windows da ulangan tarmoqlarning hammasini parolini bittada ko‘rishning boshqacha usuli ham bor. Buning uchun “Windows CMD” da ozgina kod yozish kerak bo‘ladi:
1. “Start” + R (ingliz alifbosi harfi) tugmalar kombinatsiyasini bosing;
2. Ochilgan “Run” oynasidagi matn kiritish bo‘shlig‘iga “cmd” (qo‘shtirnoqsiz) deb yozing va “Enter” tugmasini bosing;
3. Ochilgan terminalda “netsh wlan show profile” (qo‘shtirnoqsiz) deb yozing va “Enter” tugmasini bosing;
4. O‘zingizga kerak bo‘lgan tarmoq nomini bilgach, “netsh wlan show profile key=clear” (qo‘shtirnoqsiz) deb yozing va “Enter” tugmasini bosing. Shunda Windows tizimi Sizga Wi-Fi parolini ochib beradi.
Muallif: Hidoyatxon Atabayev.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi