O‘zbekiston

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari xodimlari uchun yangi — “Humo” himoyalangan milliy messenjeri yaratildi. U qanchalik xavfsiz?

photo 1216

Loading

“Humo” degan milliy messenjer yaratishibdi, – deya o‘zining Telegram-kanalida xabar qildi huquqshunos va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktorning o‘rinbosari Xushnud Xudoyberdiyev.

Uning ishlab chiquvchisi “Unicon-Soft” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘lib, messenjer 2022-yil 23-iyuldagi 357-sonli Prezident qarori asosida tayyorlangan.

X. Xudoyberdiyevning aytishlaricha, ushbu milliy messenjer davlat xizmatchilari uchun xavfsiz ekan. Kiberxavfsizlikka mas’ul bo‘lgan tashkilot tizimni tekshirib, sertifikat ham bergan ekan.

“– Ooo, zo‘rku, va nihoyat milliy messenjer ishlatar ekanmiz”, – deya xursand bo‘lib, o‘sha dasturni ishlatmoqchi bo‘ldim. Ammo dasturni ochishim bilan, bu “Telegram” mi yoki “Humo” mi, – deb adashib qoldim. Shovvozlarimiz birga-bir Telegram dan ko‘chirishibdi. Yana nomi O‘zbekistonning milliy messenjeri emish… )))”, – deya kimoya aralash yozmoqda O‘zA axborot agentligi direktori o‘rinbosari X. Xudoyberdiyev.

Eng qizig‘i, yana shu dasturga davlat tashkilotlari har bir xodim uchun oyiga 25 ming 200 so‘mdan abonent to‘lovi to‘lashi kerak ekan.

“Unicon-Soft ga bittagina savolim bor: bu sharmandalikka qanday chidaysizlar?”, – deb so‘ramoqda O‘zA bosdirektori o‘rinbosari X. Xudoyberdiyev.

“2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarorining 1-ilovasida milliy messenjer ishlab chiqish va hattoki abonent to‘lovini “Unicon-Soft” MChJ bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etish belgilangan.

“Nega to‘g‘ridan-to‘g‘ri? Nima uchun bu tadbirkorlik subyektiga Prezident qarori asosida bunaqa imkoniyat berilgan? Shoxi bormi, yoki orqasidan oy chiqqanmi?”, – deya savol bermoqda O‘zA direktori o‘rinbosari X. Xudoyberdiyev

“Prezident qarorida bo‘lsa, boshqalar g‘ing deyolmaydida, shunda-a? Hamma ko‘z yumadi, hatto ko‘chirmakashlik bo‘lsa ham… Qiziq, juda qiziq…”, – deya o‘z postini yakunlagan huquqshunos.

Albatta, Telegram orqali yozishmalar xavfsizligi hozirda isbot talab qilmaydigan haqiqat. Buni dunyo ekspertlati ham tan olishadi. Agarda foydalanuvchi xatosi (2-faktorli kod o‘rnatilmagan, qurilmasida virusli/troyan dasturlar bo‘lsa, elementar xavfsizlik qoidalariga amal qilmasa) tufayli, uchinchi shaxslar uning akkauntiga kirishmasa, Telegram messnjerini buzish imkonsiz. Bu 2×2=4, – degandek gap.

Milliy messenjerimizdagi yozishmalarimiz esa o‘zimizning qora ko‘z, milliy dasturchilarimiz ko‘nikmasi va mahorati, kiberxavfsizlik xodimlari talablariga bog‘liq. Bu haqida hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot topa olmadik.

Nima ham derdik… Tez orada bunga aloqador tashkilotlardan rasmiy javob olamiz, deb umid qilamiz. Javoblarni esa taxmin qilib ko‘ramiz. Sababi, “O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun, xususan, davlat tashkiloti va davlat ishtirokidagi korxonalar xodimlarining Telegram dan Humo ga migratsiya qilishlari uchun qulay bo‘lishi uchun tegishli mas’ullar bilan kelishgan holda shunday yo‘lni tanladik”, – deyilishi mumkin. Ko‘ramiz. Kuzatamiz. Xulosa qilamiz…

Humo messenjerini quyida yuklab oling:

Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.us.messenger&pli=1;
iOS: mavjud emas.
Kompyuter uchun: https://humo.app/applications/Humo-Desktop-3.7.4×64.zip.

Muallif: Sanjar Nazarov, Buxoroisharif.uz internet nashri bosh muharriri va asoschisi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.