Sport

Buxorolik yosh sportchilar dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari bo‘lishdi

photo 1229
Foto: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi

Loading

Kecha, 31-yanvar kuni Toshkent shahridagi “Universal” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlandi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan iqtidor egalari bellashmoqdalar. Birinchi kun doirasida 2003- va 2004–yillarda tavallud topgan yoshlar o‘rtasida yengil vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.

photo 01 199

photo 02 371

Unda shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar bilan tanishing:

Qizlar:
-48 kg:

  1. Mashhura Azimova (Andijon);
  2. Sevinch Murodova (Jizzax);
  3. Ulbusin Hakimova (Sirdaryo);
  4. Sevinch Isroilova (Jizzax).

-52 kg:

  1. Gulhayo Jo‘rayeva (Qashqadaryo);
  2. So‘g‘diyona Rafkatova (Xorazm);
  3. Muhayyo Ahmatova (Qashqadaryo);
  4. Hilola Ortiqboyeva (Sirdaryo).

-57 kg:

  1. Farangiz Rejepova (Buxoro);
  2. Bonu Avliyoqulova (Buxoro);
  3. Dildora Adhamova (Farg‘ona);
  4. Dilfuza Ibraimova (Toshkent viloyati).

O‘g‘il bolalar:
-60 kg:

  1. Zamaxshariy Bekmurodov (Buxoro);
  2. Temur Bobomurodov (Toshkent viloyati);
  3. Shohjahon Davlatov (Toshkent shahri);
  4. Jonibek Mamashukurov (Toshkent viloyati).

-66 kg:

  1. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri);
  2. Bahrom Atoyev (Buxoro);
  3. Abdulla Muhammadiyev (Toshkent shahri);
  4. Suhrob Saitov (Toshkent viloyati).
photo 03 240

Shunday qilib, buxorolik Farangiz Rejepova, Bonu Avliyoqulova, Zamaxshariy Bekmurodov va Bahrom Atoyevlar dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari bo‘lishdi. Ahamiyatli tomoni, yuqoridagi yosh sportchilarning birinchi uchligi Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari hisoblanishadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.