Texnologiyalar
Mersedesning yangi — “Avatar”-elektrokari haydovchi fikrini o‘qiydi
Mercedes-Benz kompaniyasi Myunxenda avtomobilni “qo‘lsiz” boshqarish imkonini beradigan yangi ixtirosini namoyish etdi. CES-2020 ko‘rgazmasida taqdim etilgan Vision AVTR mashinasi namoyish namunasiga aylangan. Endilikda avtomobil tom ma’noda BCI texnologiyasi orqali haydovchining fikrini o‘qiy oladi, – deb xabar beradi Motor nashri.
Vision AVTR qurilmalar paneliga har biri ma’lum funksiyaga bog‘langan yonib turuvchi nuqta-belgilar kiritiladi. Haydovchining gardaniga qotirilgan qurilma uning miya faolligini qayd etib, real vaqt rejimida bosh miya qobig‘idagi neyronlarni kuzatadi.
Shu orqali qurilma haydovchining e’tibori qaysi yorug‘lik nuqtasiga qaratilganini hisoblaydi va avtomobilning kerakli funksiyasini ishga tushiradi. Fikr kuchi yordamida aynan qaysi funksiyalar ishga tushirilishiga oydinlik kiritilmagan.
Uni yaratishda dizaynerlar Jeyms Kemeronning “Avatar” filmidan ilhomlangan: mashina uning nomi bilan atalgan, bu inson, mashina va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglatadi.
To‘rt o‘rindiqli Vision AVTR da elektr motor, qayta ishlangan qismlarga ega interer va odamning yurak urish tezligiga moslashuvchi impulsli yoritish mavjud.
Mercedes-Benz o‘zining ixtirosini ayniqsa, imkoniyati cheklangan insonlarga qo‘l kelishini aytmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi