O‘zbekiston
Prezident qaroriga ko‘ra, anomal sovuqdan zarar ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar berildi
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari 3 kundan buyon vodeiy viloyatlarida amaliy tashrif bilan bo®lib turibdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishishdir. Shavkat Mirziyoyev bugun, 3-fevral kuni Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“– Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko‘plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman“, — dedi Prezident tadbirkorlar bilan uchrashuvda.
Muloqotda ma‘lum qilinishicha, respublikada anomal sovuq harorati kuzatilgan kunlari 3 000 ta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan. Ushbu korxonalarda band aholi soni esa 350 000 nafarni tashkil qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, zarur choralar ko‘rilmasa, birinchi chorakda yalpi mahsulot o‘sishi 1,5% gacha pasayishi mumkin (prognoz qilingan 5% dan 3,5% ga).
“– Oldimizda dolzarb vazifa — qattiq sovuq oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish”, — dedi Shavkat Mirziyoyev uchrashuv davomida.
Yuqoridagilarni inobatga olib, iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun Prezident alohida qarorni imzolangan.
Unga ko‘ra, quyidagilar nazarda tutilgan:
- 2 000 nafar kichik va o‘rta tadbirkorlarning yanvar — martda muddati keladigan 4,7 trillion so‘m kredit to‘lovlari 1-iyunga qadar uzaytiriladi;
- 29 000 ta tadbirkorning 2 trillion so‘m soliqdan qarzini 1-iyulga qadar foizsiz, qo‘shimcha garovsiz va “penya” siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;
- quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablag‘ uchun 8 trillion so‘m kredit ajratiladi;
- nosoz uskunalarni ta’mirlashga kreditlar ajratiladi. Ular bo‘yicha 2,5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5% qoplab beriladi;
- 27 000 ta tadbirkor uchun davlat mulki ijara to‘lovi 1-aprelga qadar o‘zgarmaydi va uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi (tadbirkorlarda 52 milliard so‘m qoladi);
- davlat mulkini sotib olgan tadbirkorlar uchun to‘lovlar, foiz va “penya” 1-aprelga qadar to‘xtatib turiladi;
- ishlab chiqarish binolarining har bir yuqori qavati uchun tadbirkorlarga mol-mulk solig‘idan 10% dan chegirma beriladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi