Salomatlik

Sochlaringiz koʻp toʻkiladimi? Bu ovqatlanish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin

photo 252 1

Loading

Odatda kuniga 100 tola soch to‘kiladi. Lekin odatdagidan ko‘proq soch to‘kilishiga ruh, temir yoki biotin yetishmayotgani yoki qalqonsimon bez faoliyatida muammolar kuzatilayotgani ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu muammoni bartaraf qilish uchun esa eng avvalo ratsiondan qanday mahsulotlar o‘rin olganiga e’tiborli bo‘lish kerak.

B12 vitamini va temirga boy mahsulotlarni iste’mol qilmaslik
Kalsiy yetishmasligi soch va tirnoqlarning ahvoliga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yagona element emas. Shifokorlarning ta’kidlashicha, temir moddasining yetishmasligi soch to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Aynan shunday oqibatga B12 vitaminining yetishmasligi ham olib kelishi mumkin. Nonushtaga iste’mol qiladigan mahsulotlar bilan uning tanqisligini qoplash mumkin. Tuxum, sut, pishloq, qo‘ziqorin, baliq shular jumlasidan. Ayniqsa, jigar B12 vitaminining koni sanaladi. Shuningdek, shakar, meva, grechka va suli yormasi singari mahsulotlarda temir moddasi bisyor bo‘ladi. Qolaversa, no‘xat, loviya va yasmiq singari mahsulotlarga e’tibor qarating.

A vitaminini haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish
Soch to‘kilishining oldini olish uchun A vitamini miqdorini me’yorda bo‘lishiga e’tiborli bo‘lish kerak. Chunki ushbu vitamminning haddan ortig‘i ham soch to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda gipervitaminoz, kompleks vitaminlarni qabul qilish yoki ayrim mahsulotlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Shu sabab ham shifokor ko‘rsatmasiga asosan, sabzi, qovoq, shaftoli, o‘rik, olma, tarvuz, qovun, ko‘kat va boshqa mahsulotlardan vaqtinchalik cheklanib turish kerak.

Oqsil kam mahsulotlar bilan parhez qilish
Olimlar oqsili kam mahsulotlardan parhez qilish soch to‘kilishiga olib kelishi mumkinligini aniqlagan. Turli sabablarga ko‘ra oqsillardan tiyilishga ehtiyot bo‘lish kerak. Kam oqsilli mahsulotlardan parhez qiladiganlar go‘sht, baliq, tuxum va sutdan, ayrim vaqtda esa dukkakli mahsulotlardan tiyilib, sabzavot va mevalar yeyishi kerak bo‘ladi. Shifokorlar bunday parhezdan ehtiyot bo‘lishni, organizmga foydali moddalar yetarli miqdorga kirishiga e’tiborli bo‘lish kerakligini ta’kidlaydi. Yasmiq va boshqa dukkakli mahsulotlar, ismaloq, pista va yong‘oqlar oqsilning koni sanaladi. Ulardan tayyorlangan taomlar, hatto vegaterianlar uchun ayni muddao. Qolganlar esa baliq, go‘sht va pishloqni kanda qilmasligi kerak.

Vaznning tez to‘planishi va kamayishiga moyillik
Vaznning birdaniga oshib yoki kamayishi soch ahvoliga ta’sir qilib, ularni mo‘rtlashishiga sabab bo‘ladi. Bu esa darhol ozdiradigan parhezlardan ehtiyot bo‘lish kerakligini bildiradi. Nafaqat vaznning keskin ortishi, balki kamayishi ham salbiy oqibatga olib kelishi mumkin.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.