Salomatlik
Nega uyquga yotishdan oldin telefonga qarash mumkin emas?
Ko‘pchiligimiz kun davomida ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib, yangiliklardan xabardor bo‘lib, faol ravishda virtual muloqotni olib borishni odat tusiga aylantirib ulgurdik. Doimiy tarzda uyqudan avval kamida yarim yoki bir soat vaqtimizni telefonga sarflaymiz. Shifokorlar tungi vaqtda gadjetlardan foydalanishning zararlari haqida ogohlantiradi.
Uyquga yotishdan oldin telefonda “o‘tirish” vasvasasiga qarshi tura olmayapsizmi? U holda gadjetlar salomatligimizga yetkazadigan zararlar haqida bilib olishingiz zarur. Quyida birgina gadjetlar tufayli sog‘ligimizda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida aytib o‘tamiz.
Ko‘zga zarar
Tungi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda kezib yurishni xush ko‘ruvchilarda “ko‘zlari oldida tuman”, “ko‘rishning xiralashishi” kabi holatlar kuzatilishini qayd etadilar. Bu alomatlar haddan tashqari ko‘z faoliyatining kuchayishi va ko‘z akkomodatsiyasi spazmi tufayli sodir bo‘ladi. Ekranga ya’ni, bir nuqtaga muntazam qarab turish ko‘rish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Gadjetlarga uzoq vaqt davomida termilish oqibatida yaqin va uzoq masofalardagi narsalarni idrok etish qobiliyatini vaqtincha yo‘qoladi, ko‘z qorachiqlari kattalashib, ko‘zlarning xira ko‘rishiga olib keladi.
Ko‘zlarimiz hamisha yorqin va yaxshi ko‘rishini istasak, iloji boricha ekran yorqinligini pasaytirib, telefonlardan kamroq foydalanish lozim.
Uyqu buzilishi
Zangori ekranlarning xavfi haqida eshitganmisiz? Zangori rangning tabiatdagi asosiy manbai quyosh bo‘lsa, kundalik hayotimizda esa elektron gadjetlardir. Gadjetlar ekranidagi zangori rang melatonin (gipofiz bezidan ajraladi) garmonining ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi. Bu garmon buzilishi hissiy holatimizga salbiy ta’sir qiladi, tabiiy bioritmlarning buzilishiga sabab bo‘ladi, deb ta’kidlaydi kosmetolog Yelena Fillipova. Deyarli har tunda gadjetlardan foydalanish tufayli garmonlar faoliyati buziladi, uxlash qiyinlashadi, uyqu vaqtida bezovtalik kuzatiladi, miya dam olmaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, uyqu buzilgach, kayfiyat yomonlashib, ishchanlik qobiliyati yo‘qoladi.
Bo‘yinda og‘riq
Allaqachon bo‘yin og‘rig‘idan shikoyat qilayotgan bo‘lsangiz, uxlashdan oldin telefondan foydalanishingiz mavjud og‘riqni yanada kuchaytiradi. Gadjetlar ekraniga qarash uchun boshlarimiz oldinga egilganida, bo‘yin mushaklari kuchlanadi va bu og‘riqqa sabab bo‘ldi.
Telefonda “o‘tirish” vasvasasidan voz kecha olmasak, telefonlarni ko‘zlarga mos darajada ushlashga harakat qilishimiz kerak.
Terining tez qarishi
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, teri qatlami ham gadjetlardan nihoyatda ko‘p aziyat chekadi. Yuz mushaklarining bosim bilan ishlashi tufayli yoshga bog‘liq o‘zgarishlar yaqqol namoyon bo‘ladi: boshning doimiy egilishi bo‘yinda keraksiz ajin va burmalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Qimmatbaho kosmetikalar yordamida yuz terisini parvarish qilish uchun garchand anchagina pul sarflaganimiz bilan bittagina zararli odat tufayli barcha urinishlarimiz behuda ketishi hech gap emas.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi