Texnologiyalar

Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellekt haqida fikr bildirdi

photo 1289

Loading

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Forbes jurnaliga bergan intervyusida ChatGPT va sun’iy intellekt (AI) sohasidagi so‘nggi yildagi barcha yutuqlardan “hayratda” ekanligini aytdi.

Shuningdek, tadbirkor sun’iy intellekt kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“– Sun’iy intellekt biz bilgan mehnat bozorini o‘zgartiradi… Avtonom avtomobillar – juda murakkab texnologiya, ammo, zavod va fabrikalarni robotlashtirish yaqin 5-10 yil ichida amalga oshiriladi”, – dedi Bill Geyts.

Biroq, Microsoft asoschisi sun’iy intellekt “kambag‘al hududlardagi talabalar uchun matematika o‘qituvchisi” bo‘lishi yoki “olisda joylashganligi sababli, shifokorga murojaat qila olmaydigan Afrikadagi odamlarga tibbiy maslahatlar berishi” mumkinligiga ishonmasligini aytdi.

Shu bilan birga, Geyts mashhur neyron tarmoqlari, xususan ChatGPT boti haqida qanday fikrda ekani haqidagi savolga shunday javob berdi:

“– Men bu vositalar bilan o‘ynashni yaxshi ko‘raman – bu juda qiziq. G‘alati tuyulishi mumkin, lekin men ham ba’zan o‘yin-kulgi uchun ChatGPT dan foydalanaman. Garchi jiddiy vazifalar uchun unga kirish huquqi berilgan bo‘lsa ham, ba’zan undan, masalan, Shekspir yozishi mumkin bo‘lgan she’r yozib berishni so‘rayman”, – dedi Bill Geyts.

Bundan avval Microsoft kompaniyasi o‘zining qidiruv tizimi – Bing ning sun’iy intellektga asoslangan versiyasini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.