Jahon

Turkiya va Armaniston chegarasi 35 yil ichida birinchi marta insonparvarlik yordami uchun ochildi

photo 1300

Loading

Turkiya-Armaniston chegarasidagi “Alijan” nazorat punkti 35 yil ichida birinchi marta Turkiyaning Qahramanmarash shahrida joylashgan zilzila zonasiga gumanitar yordam yetkazish uchun ochildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Armanistonda to‘plangan gumanitar yordam 5 ta yuk mashinasida ushbu mamlakat delegatsiyasi a’zolari bilan birga nazorat punkti orqali Turkiyaga yo‘l oldi.

Delegatsiya Turkiyaning Yg‘dir viloyatida Qurolli kuchlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari tomonidan kutib olinib, falokat hududiga jo‘natildi.

Ma’lumot uchun, Turkiya va Armaniston chegarasidagi mazkur “Alijan” nazorat-o‘tkazish punkti Armanistonga 1988-yildagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun insonparvarlik yuklarini yetkazib berishda foydalanilgan. Unda Turkiyaning Qizil yarim oy jamiyati orqali to‘plangan yordam Armanistondagi falokat hududiga yetkazilgan edi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, ayni damda bir necha kun oldin Turkiya Respublikasining janubi-sharqida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 21 000 kishidan oshgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.