Buxoro yangiliklari
Buxoroda antisanitariya holatida yogʻ ishlab chiqargan fuqaro qoʻlga olindi
2023-yilning 18-fevral kuni IIB ga Gʻijduvon tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoda fuqaro noqonuniy tarzda yuqori kuchlanishli elektr tokiga ulanib, moy-juvoz uskunalarini o‘rnatib ishlatib, isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgani haqida tezkor maʼlumot olinadi.
Voqea joyiga chiqqan tezkor guruh tadbir davomida ushbu shaxs tumanning “Sho‘rcha” mahallasida yashovchi 35 yoshli I. U. ekanligini aniqlanib, u haqiqatdan ham moy-juvoz uskunalarini shu tumanning “Sarmijon” mahallasida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan T. M. ga tegishli bo‘lgan qurilishi tugallanmagan binoda o‘rnatib, uning hovlisidan ishlab chiqarish sexi sifatida foydalangan va muntazam ravishda bino egasi (T. M. ga) ijara haqi to‘lab kelganligi holatlari kuzatilgan.
IIB xodimlari va boshqa masʼullar noqonuniy sexdan 3 dona moy-juvoz uskunalari, 250 litr paxta yog‘i, 1 680 kg kunjara mahsuloti hamda 27 000 kg chigit mahsulotlarini oʻrganib chiqish maqsadida olib qoʻyishdi.
Ayni damda mazkur holat yuzasidan IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi