Özbekiston

Buxoroda havo –10°C gacha sovushi kutilmoqda

photo 1366
Foto: O‘zgidromet

Loading

Rossiyadan O‘zbekistonning barcha hududiga sovuq havo oqimi kirib kelmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

2023-yilning 24-fevral kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga, 25-, 26-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

24-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

25-fevralda respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

24-, 25-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

photo 02 414

25-, 26-fevralda harorat kechalari 0°C — 5°C sovuqqacha, respublika shimolida 5°C – 10°C sovuqqacha, kunduz kunlari 0°C – 5°C daraja iliqqacha qisqa muddatga pasayishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.