Texnologiyalar

Birinchi iPhone $63 000 ga sotildi

photo 1372
Foto: Wikipedia

Loading

2023-yilning 20-fevral kuni o‘tkazilgan LCG kim oshdi savdosida original, ochilmagan, birinchi avlod iPhone telefoni $63 356 ga sotildi. U 2007-yilning 29-iyunda chiqarilgan va o‘sha paytda $599 ga sotilgan 8 GB hajmli iPhone modeli ekanligi aytilmoqda.

Auksionda savdolar fevral oyining boshida $2 500 dan boshlangan. Oxiriga kelib esa smartfonning sotuv narxi $60 000 dan oshib ketdi. Jami 27 ta taklif kelib tushdi. Yakuniy taklif esa 2007-yildagi smartfon narxidan 100 baravar qimmatga tushdi.

photo 02 417

Telefonning ham qiziqarli hikoyasi bor. Apple smartfoni egasi Karen Grin 15 yil oldin uni do‘stlaridan sovg‘a sifatida olgan. O‘sha paytda egasi Verizon aloqa kompaniyasi (AQSh) mijozi bo‘lgan, llekin telefon faqat AT&T tarmog‘ida ishlagan. Shuning uchun u telefonni javonda saqlangan va 10 yildan ortiq qolib ketgan.

photo 03 268

Keyincgalik mazkur telefon 2019-yilda $5 000 dollarga baholangan va oxir-oqibat shu oy boshida kim oshdi savdosiga qo‘yilgan.

Karen Grinning aytishicha, u smartfon savdosidan tushgan mablag‘ni biznesni ochishga sarflamoqchi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.