Texnologiyalar

Yaqin orada eSIM o‘rnini iSIM egallaydi

photo 12
Foto: IT Media Inc.

Loading

Odamlar endigina nano SIM-kartalardan eSIM ga o‘tishni boshlagan bir vaqtda, eSIM dan ham yaxshiroq texnologiya – iSIM taqdim etildi. Qualcomm va Thales tomonidan taklif qilinayotgan yangi texnologiya smartfonlarning yanada ixcham bo‘lishini ta’minlaydi va quvvatni yaxshigina tejaydi.

“Qualcomm Technologies va Thales tomonidan olib borilgan bir necha yillik qizg‘in ishlanmalardan so‘ng, iSIM uchun GSMA tomonidan dunyodagi ilk xavfsizlik sertifikati berildi.

Borgan sari ommalashib borayotgan eSIM bilan bir qatorda, Thales ning 5G iSIM texnologiyasi qurilma ishlab chiqaruvchilari va uyali aloqa operatorlari o‘z mijozlariga “havo orqali ulanish” bilan birga yanada ajoyib va qulayroq mahsulot dizaynlarini taklif qilishlari uchun yanada ko‘proq erkinlik beradi”, – deydi Thales Mobile kompaniyasining vitse-prezidenti Guillaume Lafaih.

iSIM bilan jihozlangan Snapdragon 8 Gen 2 chipseti GSMA xavfsizlik sertifikatiga ega bo‘lishi, u eSIM modullari bilan bir xil himoya darajasiga ega ekanligini anglatadi. iSIM texnologiyasi chipsetda 1 mm2 dan kam joy egallaydi. Bu hozirgi nano SIM-karta (12,3 x 8,8 mm) hajmidan 100 baravar kichikroqdir.

photo 02 1

iSIM ning asosiy afzalligi shundaki, u qurilmalar ichida SIM-karta xizmatlari uchun alohida jismoniy maydonga ehtiyojni yo‘q qiladi va kamroq quvvat sarflaydi. 2027-yilgacha dunyo bo‘ylab iSIM bilan jihozlangan qurilmalar soni 300 000 000 dan ortishi kutilmoqda.

photo 03 1

2023-yilning oxiriga kelib ushbu chplar bilan boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilar foydalanishi rejalashtirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.