Jahon

Gruziya deputatlari parlamentda mushtlashishdi – video

photo 30
Foto: RIA Novosti

Loading

Xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish vaqtida gruziyalik deputatlar mushtlashishdi. Ushbu holat mahalliy telekanallar tomonidan jonli efirda namoyish etildi.

Yig‘ilishdagi mushtlashuv parlament ko‘pchilik vakili Anri Oxanashvili va muxolifat deputatlari tomonidan boshlangan.

Qonun loyihasini ko‘rib chiqilishi o‘tgan haftada qo‘mita darajasida boshlangan edi. Shu vaqtda ko‘chalarda norozilik aksiyalari ham o‘tkazildi. Qonun muxoliflarining fikricha, bu Rossiyada amalga kiritilgan xorijiy agentlar haqidagi qonunga o‘xshash bo‘lib, Gruziyani Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishdan uzoqlashtirishga xizmat qiladi.

“Xorijiy taʼsirning ochiqligi to‘g‘risida” gi qonun loyihasi parlamentga “Xalq qudrati” muxolifat harakati deputatlari tomonidan kiritilgan. Hujjatda xorijiy davlatlardan mablag‘ oluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va subyektlar reestrini yaratish ko‘zda tutilgan.

Parlamentda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi vakillari qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanliklarini, agar prezident Salome Zurabishvili veto qo‘ysa, deputatlar uni yengib o‘tishga harakat qilishlarini aytishdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.