Buxoro yangiliklari
Buxoroda erkak avtobusda jinsiy a’zosini chiqarib, begona ayolga tekkizdi (–mi?) – video
Bugun, 9-mart kuni Telegramdagi “Bukhara News” kanalida bir erkakning Buxorodagi jamoat transportida begona ayolga tegajog‘lik qilgani aytilayotgan videosi tarqaldi.
Gap shundaki, aftidan Buxoro shahri ko‘chalarida o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusda tik turib yo‘lovchi sifatida ketayotgan ayolga boshqa bir yo‘lovchi erkak yaqinlashib, o‘zining jinsiy a’zosini chiqarib, unga tekkiza boshlagan.
Ushbu holatdan shokka tushgan ojiza ayol qo‘rqqanidan baqira boshlagan va transport vositasining boshqa tomoniga qochgan. Ushbu hodisaga guvoh bo‘lgan fuqarolar avtobus salonini videoga olishgan.
Mazkur video eʼlon qilinganidan bir necha soat oʻtib, Buxoro viloyati IIB unga rasmiy munosabat bildirdi. Unda qayd etilishicha, holat Buxoro shahar IIO FMB da tegishli tartibda qayddan o‘tkazilib, mas’ullar tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“O‘rganish davomida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘riladi”, – deyiladi Buxoro IIB xabarida.
Shu o‘rinda, yuqorida keltirilgan yoki shunga o‘xshash holatlarda Buxoro viloyati IIB ning “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingizni so‘rab qolamiz.
Shuningdek, qayd etilishicha, ushbu videoni birinchi boʻlib, Telegramdagi “Potrebitel Buxara plyus” kanali obunachilari eʼlon qilgan ekan.
O‘z navbatida mazkur nohush vaziyatga biroz izoh berib o‘tsak. Zero, ushbu mazvu hozirda aktual bo‘lib, yuqoridagi holatni frotterizm deyish mumkin.
Ayol-qizlarimiz transportdagi tegajog‘liqlardan yaxshi xabardor. Albatta bu holat juda yoqimsiz. Kimdir bunday vaziyatda uyatdan o‘zini qo‘yarga joy topa olmasa, yana kimdir qarshilik ko‘rsatadi. Xo‘sh, ayollarni noqulay holatga soluvchi frotterlar o‘zi kim, ular nima uchun bunday qilishadi va o‘z qurbonini qanday tanlaydi?
Nemolchi.Uz nashirga ko‘ra, “Frotterizm” – bu insonning jamoat joylarida notanish insonga teginish yoki ishqalanish orqali, hayajonlanishi, jinsiy qo‘zg‘alish holatiga kelishidir. Frotterizm turli shakl va usulda aks etishi mumkin. Aksariyat vaziyatlarda frotterlar odam gavjum joylarni tanlab, orqa tomondan yaqinlashishni afzal ko‘radi. Chunki bu holatda qurbon tez qutulib chiqib keta olmaydi. Tegajog‘liq maqsadini ko‘zlagan erkak jamoat transportidagi gavjum vaqtni kutadi.
Frotterizmdan maqsad nima?
Frotterizm insonning oddiy jinsiy hayot tarzi bo‘lishi yoki jinsiy aloqa o‘rnini bosishi mumkin. U bilan ba’zida o‘smirlar shug‘ullanib turadi va bu o‘tish davrining o‘ziga xos tomoni. Vaqt o‘tib, bu xususiyat sekin-asta yo‘qolib boradi. Ammo hamma insonlarda ham u butunlay yo‘qolib ketmaydi. Balki patologiya ko‘rinishiga kiradi. Bu avvalo insonning tarbiyasi, ichki olami va fe’l-atvoriga bog‘liq. Agar frotterizm o‘smirlik asorati bo‘lib emas, balki inson ulg‘ayganda paydo bo‘lsa, buni kasallik deyish mumkin.
Psixologlar frotterizmni zo‘ravonlikning bir turiga kiritadi va uning oqibatida psixologik jarohatlar yuzaga keladi.
“Nima uchun men?”
Zo‘ravonlik, tegajog‘liklarga duch kelganda hammamizda “Nima uchun aynan men?” degan savol paydo bo‘ladi. Axir to‘g‘ri yursam, noma’qul ish qilmasam, diqqatni tortmasam, deya ajablanamiz. Xo‘sh, frotter kimsalar qanday belgilarga qarab o‘z qurbonini tanlaydi? Ularni ayol tanasi a’zolari, tananing ochiq qismlari, ko‘proq oyoqlar jalb qiladi. Ba’zida frotterlar zaifroq, nozikroq ko‘ringan ayol-qizlarni tanlaydi. Chunki ular xavfsizroq tuyuladi. Keyin frotterlarni transportda uxlab ketayotgan ayollar tezroq o‘ziga jalb qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi