Jahon
Aleksandr Lukashenko davlatga xiyonat qilgan amaldorlarga o‘lim jazosi berilishi haqidagi qonunni imzoladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlatga xiyonat qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan o’lim jazosini joriy etuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda “BelTA” nashri xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, davlat rahbari “Jinoiy javobgarlik to’g’risidagi kodekslarga o’zgartishlar kiritish to’g’risida” gi qonunni imzolagan, uning asosiy maqsadi ekstremistik va davlatga qarshi jinoyatlarga nisbatan kurashni kuchaytirishdan iborat.
Bundan buyon mansabdor shaxslar davlatga xiyonat qilsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi va bu davlat lavozimini egallab turgan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Harbiy yoki mansabdor shaxs tomonidan davlatga xiyonat qilganlik uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, respublikada o‘lim jazosi faqat o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun tayinlanadi.
Ayni damda Belarus Yevropada o‘lim jazosi hali ham qo‘llaniladigan yagona davlat bo‘lib qolmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi