Buxoro yangiliklari
Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Kecha, 9-mart kuni ko‘hna va navqiron Buxoro shahrining G‘ijduvoniy ko‘chasidagi, Karvon buyum bozori qarama-qarshisida va Buxoro avtoshoh bekati yonida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim boshida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning tabrigi viloyat SSB boshlig‘i Askar Bahronov tomonidan o‘qib eshittirildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari, mamlakatimizning turli hududlarida joylashgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektor va prorektorlari, tibbiyot muassasalar rahbarlari, xorijiy hamkor tashkilotlarning yuqori vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov Prezidentimizning tibbiy ta’limni kompleks rivojlantirishga qaratilgan qator qarorlardagi belgilangan vazifalar ijrosi tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarining amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va pirovard natijada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Tantanali ochilish marosimdan so‘ng mahbatli kampus bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mehmonlar yangi binoning imkoniyatlari va bu yerda joylashgan zamonaviy klinika hamda Simulyatsion markaz faoliyatiga yuqori baho berishdi.
Ma’lumot uchun, Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda institutda 8 ta fakultet va 42 ta kafedra mavjud. Shuningdek, 12 ta bakalavriat hamda 24 ta mutaxassislik bo‘yicha magistratura yo‘nalishlarida ta’lim tashkillashtirilgan.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tibbiyot sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida kelgusi o‘quv yilidan yana 2 ta yangi fakultet, 3 ta kafedra, 1 ta bakalavriat va 6 ta magistratura yo‘nalishida mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishni olib borish ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash joizki, mazkur bino qurilishiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil mart oyida Buxoro viloyatiga qilgan safari davomida berilgan topshiriqlari aosida bunyod etilgan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi