O‘zbekiston

Butun O‘zbekiston bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy qilinadi

photo 39
Foto: Newscrab

Loading

Joriy yil mart oyidan boshlab mobil Internet tezligi oshiriladi va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy etiladi. Bu haqda AOKA da o‘tkazilgan brifingda “O‘zbektelekom” AJ axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma’lum qildi:

“– Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida “O‘zbektelekom” AJ tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, 2023-yilning mart oyidan boshlab mobil Internet tezligini oshirish va butun mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Loyiha doirasida mavjud tayanch stansiyalari modernizasiya qilinib, yangilari o‘rnatiladi“, – dedi “O‘zbektelekom” AJ axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov

Jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 3 000 dan ortiq mavjud tayanch stansiyalarini eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilash, shuningdek, 2 000 dan ortiq yangi tayanch stansiyalarini qurish va ishga tushirish maqsad qilingan. Bu O‘zbekiston bo‘ylab mobil aloqa sifatini yaxshilash, LTE standarti (4G) dagi mobil internet tezligi hamda uning qamrovini oshirish imkonini beradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.