Islom
Namozni qanday o‘qiysiz?
Isom ibn Yusuf bir kuni Hotam al-Asomning majlisiga kirib:
“– Ey Hotam, namozni yaxshi ado qilasizmi?”, – deb so‘radi.
“– Ha”, – dedi Hotam.
“– Namozni qanday o‘qiysiz?”, – so‘radi u yana.
Hotam al-Asom:
“– O‘rnimdan turaman, qo‘rquv bilan namozga yurib boraman, niyat bilan kirishaman, ulug‘vorlik bilan takbir aytaman, tartil va tafakkur bilan qiroat qilaman, xushu’ bilan ruku’ga boraman, tavoze bilan sajda qilaman, tugatish uchun tashahhudga o‘tiraman, niyat bilan salom beraman, Alloh azza va jalla uchun ixlos bilan tugataman, yana xavf bilan namozdan qaytaman, chunki Alloh mendan buni qabul qilmay qolishidan qo‘rqaman va o‘lgunimcha bor kuchim bilan namozimni muhofaza qilaman”, – dedi.
Isom ibn Yusuf:
“– Namozni juda yaxshi ado qilar ekansiz”, – dedi.
Foydalanilgan adabiyot: “Solihlar gulshani” kitobidan.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi