Buxoro yangiliklari
Buxorodagi parkda er-xotin va ularning farzandi o‘tirgan attraksion uzilib ketdi – video
Joriy yilning 26-mart kuni Buxorodagi “Somoniylar” istirohat bog‘ida er-xotin va ularning voyaga yetmagan farzandi karuselda uchayotgan vaqtida karusel korpusidan uzilib ketgan.
Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmatining Buxoroisharif.uz ga ma’lum qilishicha, voqea oqibatida mazkur oila vakillari yengil tan jarohati olishgan. Ayni vaqtda ularning ahvoli yaxshi.
Ta’kidlanishicha, karusel ish faoliyati to‘xtatilgan. Karusel trgishli bo‘lgan R. E. ismli fuqaro va “Kogon payvandlash sifat” MChJ vakillaridan tushuntirish xatlari yozdirib olingan.
Voqe sodir bo‘lgan vaqti ona bolalari va eri bilan selfiga tushayotgan bo‘lgan:
Qayd etilishicha, 2022-yilning dekabr oyida FVB xodimlari bilan Buxoro shahridagi “Somoniylar” madaniyat va istirohat bog‘idagi attraksionlar, shu jumladan “Xalikov Shuhrat” YTT ga qarashli bo‘lgan “Tvister” attraksionining xavfsizlik holatini o‘rganish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazilgan.
Natijada ushbu attraksion statik va dinamik sinovlardan o‘tkazilmagani, attraksion egasi tomonidan attraksiondan foydalanish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olinmagani, attraksiondan xavfsiz foydalanish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanmagani aniqlangan.
O‘rganish o‘tkazgan ishchi guruh tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan hamda attraksiondan foydalanish taqiqlangan.
Shunga qaramasdan attraksiondan o‘zboshimcha foydalanish va javobgar shaxs tomonidan kundalik texnik nazorat amalga oshirilmagani oqibatida attraksion o’rindiqlarini tutib turuvchi metall moslama ichki tomonidan yemirilishi oqibatida korpusidan uzilib ketgan va bir oiladan 3 kishi jarohati olgan.
Holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tekshiruv olib borilmoqda. “Kontexnazorat o‘quv” ilmiy-texnik markazi DUK tomonidan “Xalikov Shuhrat” YTT ga qarashli “Tvister” attraksioni tekshiruvini o‘tkazish biznes vakil bilan kelishilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi