Buxoro yangiliklari

Buxorodagi 69 ta ehtiyojmand xonadon sohiblariga xayr-ehsonlar tarqatildi – video

photo 56
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Loading

Bu muborak va fayzli Ramazon oylarining muborak kunlarda xalqimizga xos olijanoblik va mehr-muruvvat ramzi sifatida nuroniylarimiz, yolg‘iz va ehtiyojmand bo‘lgan opa-singillarimiz, aka-uka va farzandlarimizga e’tibor ko‘rsatish, holidan xabar olib, dardiga malham bo‘lish, Yaratganga ham, xalqimizga ham, albatta, xush keladi.

Xuddi shu ezgu maqsadlarning yana bir ifodasi sifatida kecha, 28-mart kuni Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir Elov Buxoro viloyatidagi ehtiyojmand 69 ta xonadon sohiblariga xayr-ehsonlar tarqatib, bir fuqaroning uylariga iftorlik qilib berdi. Bu haqda Buxoroisharif.uz ga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi ma’lum qildi.

Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganidek, “Kim ro‘zadorga iftorlik qilib bersa, unga uning ajricha ajr bo‘lur. Ro‘zadorning ajridan hech bir narsa kam bo‘lmas” (Imom Termiziy rivoyat qilgan).

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.