Özbekiston

“Sulsherjahon” XK ishlab chiqargan kolbasa ichidan yog‘och bo‘lagi chiqqani uchun javobgarlikka tortildi (–mi?)

photo 75
Foto: Telegram (@potrebitel_bukhara)

Loading

Joriy yilning 24-mart kuni A. A. (shartli) ismli fuqaro Buxoro tumani, Gala Osiyo shahrida joylashgan oziq-ovqat do‘konlarining biridan “Sulsherjahon” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Novinka pokiza baranina” turidagi kolbasa sotib olganligi va uning ichidan yog‘och bo‘lagi chiqqanligi to‘g‘risida Telegramdagi “Potrebitel Buxara plyus” kanaliga murojaat qilib chiqdi.

Ushbu shikoyat O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi “Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste‘molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart; 12-moddasida, iste’molchi o‘zi sotib olgan tovar (ish, xizmat) sanitariya-gigiyena, shu jumladan, radiologiya, epidemiyaga qarshi talablarga va amaldagi boshqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan bo‘lishiga va uning hayoti, sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lishiga, shuningdek, uning mol-mulkiga zarar yetkazmasligiga kafolat berilishini talab qilish huquqiga ega deyilgan.

Shunga ko‘ra, iste‘molchilarning qonunchilik bilan himoyalangan huquqlari buzilishini oldini olish maqsadida “Sulsherjahon” XK tomonidan ishlab chiqarilgan yuqorida rasmlari keltirilgan kolbasa mahsulotini ichidan yog‘och bo‘lagi chiqganligi holati yuzasidan vakolat doirasida o‘rganish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Buxoro viloyati boshqarmasiga yuborilgan hamda tadbirkorlik subyekti tomonidan iste’molchiga yetkazilgan zarar ixtiyoriy tarzda qoplab berilgan.

photo 02 16

Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi hududiy bo‘limi tomonidan “Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonun buzilganligi holati bo‘yicha “Sulsherjahon” XK ga nisbatan qonunda belgilangan tarzda javobgarlik qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmagani to‘g‘risida izoh berilmagan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.