Buxoro yangiliklari
Maishiy mojaro tufayli peshko‘lik erkak o‘z xotinini pichoqladi
Bu haqda viloyat IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, bir necha kun oldin Peshko‘ tumanining “Yangibozor” mahallasida yashovchi 42 yoshli B. A. o‘z xonadonida turmush o‘rtog‘i 39 yoshli S. D. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida janjallashib qolgan. Oqibatda turmush o‘rtog‘ining qorin sohasiga oshxona pichog‘ini sanchib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Hodisada jabrlangan S. D. ga zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam markazida kechiktirib bo‘lmas muolajalar qilingan va hozirgi kunda uni davolash ishlari davom ettirilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchiga nisbatan “qamog‘ga olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi