Islom

Ro‘zaning sunnat, makruh va mufsidlar mallari haqida bilasizmi?

photo 6
Foto: Motherly

Loading

Ro‘za tutgan kishiga qanday ishlarni qilish sunnat?
Saharlik qilish; subhdan ilgari ro‘zaga niyat qilish; ro‘za bilan nafsni yomon niyatlardan to‘xtatishni qasd qilish; ro‘za bo‘lgan holda befoyda so‘zlardan hamda ibosiz so‘zlarni gapirishdan va eshitishdan o‘zini saqlash; kishi bilan urishmoqdan va har bir gunoh ishlardan o‘zini tortish; mumkin qadar zikr va tasbeh ila va ham Qur’on o‘qimoqqa mashg‘ul bo‘lish; quyosh botgan vaqtda shom namozini o‘qimasdan ilgari og‘iz ochish sunnatdir.

Ro‘za tutgan kishilarga qanday ishlar makruh hisoblanadi?
Foydasiz so‘zlarni so‘zlash; ibosiz so‘zlarni so‘zlash; odamlar bilan yoqalashish; hammomga tushish; suvga sho‘ng‘ish; taomni tatib ko‘rish; o‘tar ro‘za, ya’ni bir kun kechgacha ro‘za tutib og‘iz ochmasdan ikkinchi kun ro‘zasini davom ettirish kabi ishlar makruh.

Ro‘za tutgan kishiga qanday ishlarni qilish durust bo‘ladi?
Sotib oladigan narsalarni til tekkizib tatib ko‘rish, zarur bo‘lganda taom chaynab berish, ko‘ziga surma tortish, yuzini moylash, misvokdan foydalanish, qon oldirish, zuluk soldirish, obdasta bilan g‘usl qilish, sovun bilan poklanish durust bo‘ladi, makruh emas.

Ro‘zani qanday narsalar buzadi?
Kunjut qadar bo‘lsa ham, taom yeyish; bir qatra bo‘lsa ham, suv ichish; er bilan xotinning yakinlik qilishi ro‘zani buzadi.

Bir kishi o‘zining ro‘za ekanini bila turib ixtiyoriy ravishda ro‘zani buzadigan ishlarni birinchi marta qilsa, u kishi nima qilishi lozim?
Ro‘zasining qazosini tutishi va ham kafforat qilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyot: “Ibodati islomiya” kitobi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.