Buxoro yangiliklari
Buxorolik Milliy gvardiya kinologlari respublika musobaqasida faxrli o‘rinni egallashdi
Kuni kecha Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi miqyosida “Dog biathlon” bellashuvi gʻoliblari aniqlandi.
Tadbirning yakuniy bosqichida so‘zga chiqqanlar mamlakatda harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligini oshirish, kasbiy koʻnikmalarini yanada mustahkamlash borasida munosib shart-sharoitlar, qulay imkoniyatlar yaratilayotganini taʼkidlab, musobaqada ishtirok etganlarga munosib ishtirok uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.
Musobaqalar davomida “Dog biathlon. Yakka tartibda yugurish”, “300 metrli toʻsiqlardan xizmat itlari bilan oʻtish”, “Gʻalabaga boʻlgan kuchli irodasi uchun”, “Dog biathlon. 3 200 metr masofaga yakka tartibda yugurish”, “Dog biathlon. Estafeta” kabi qator nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.
Yakuniy natijalar:
1-o‘rin. Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi 83721 harbiy qism mutaxassis kinologi III darajali serjant Sardor Nurmatov;
2-o‘rin. Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi 82318 harbiy qism mutaxassis kinologi kichik serjant Davron Bo‘riyev;
3-o‘rin. Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mutaxassis kinologi kichik serjant Nizomjon Norqo‘ziyevlar egalladilar.
G‘olib va sovrindorlarga diplom, kubok va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


