Mashhurlar

“Farhod va Shirin” dueti tarqaldi

photo 12
Foto: Instagram (@farhodvashirin)

Loading

“Farhod va Shirin” dueti xonandasi Shirin duet bo‘linishiga turmush o‘rtog‘i sababchi emasligi, qo‘shiqlari muallifligi kimda qolishi va tarqalish taklifi birinchi marta Farhoddan chiqqani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda “Daryo” nashri muxbirlari xabar berishmoqda.

“Farhod egizagimdek bo‘lib qolgandi”

Bu to‘satdan bo‘lib qolgan narsa emas. Farhod anchadan buyon yakkaxon xonanda sifatida ijod qilishni xohlardi. Ikki oy oldin adminstratorimiz, men va Farhod o‘tirib guruhning kelajagi haqida gaplashdik. Shundan keyin u “Farhod va Shirin” dueti uchun ijod qilmasligini, o‘zi alohida xonanda sifatida kuylashini ma’lum qildi. Biz taklifni qabul qildik, chunki bu uning xohishi. Hech qachon hech kimni hech narsaga majburlab bo‘lmaydi.

Shu bilan ijodni to‘xtatdik. Bir yildan buyon yaxshi ijod qilmayotgan edik. Men juda yaxshi narsalarni qilishni, ko‘p narsalar qilishni xohladim, lekin harakatlarim uncha o‘xshamagandan keyin foydasi yo‘qligini tushundim va o‘zimni o‘zim tayyorlashga harakat qildim. Osonmas, 11 yillik duet, Farhod egizagimdek bo‘lib qolgandi. Qachondir bari bir shu narsa bo‘lardi.

Bizda har doim tavakkal bo‘lgan, san’atkor insonga turmushga chiqdim, turmush o‘rtog‘im meni tushundi. Mabodo san’atkor bo‘lmagan insonga yoki ijodimni tushunmagan inson bilan turmush qurganimda ijodim o‘sha payt to‘xtagan bo‘lardi. Hamma turmush qursam guruhdan ketishimga ishongan, turmush o‘rtog‘im esa har doim meni qo‘llab-quvvatlagan va tushungan.

“Men u bilan ijodda xayrlashdim, hayotda emas”

— “Farhod va Shirin” dueti joyida, ya’ni adminstratorlar, musiqachilar, hammasi shu yerda, faqat Farhod yo‘q. Ashulalarga keladigan bo‘lsak, bu borada teng huquqlimiz, mualliflik huquqi unda ham, menda ham bo‘ladi. Hozir bizda meniki, seniki degan narsa yo‘q. Studiya Farhodda qoladi.

Men u bilan ijodda xayrlashdim, hayotda emas, chunki men hayotda o‘zimni yo‘qotib qo‘yishni, undan uzoqlashishni istamayman. Qariganimizda ham bordi-keldi bo‘lishini istayman. Hayotda yaqinlarimni yo‘qotgim kelmaydi, — deydi aktrisa.

“Duetning bo‘linishi turmush o‘rtog‘imga ham boshqacha ta‘sir qildi”

— Turmush o‘rtog‘im har qanday vaziyatda meni qo‘llab-quvvatlaydi. Duetning bo‘linishi turmush o‘rtog‘imga ham boshqacha ta‘sir qildi, chunki ular ham san’atkor. Bizni nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni davlatlarda ham yaxshi ko‘rishadi. O‘n bir yil davomida juda ko‘p yutuqlarga erishganmiz. Farhod bilan 20 yoshimizda ijodni boshlagan bo‘lsak, shu yoshdan juda ko‘p narsalarga erishganmiz. Ko‘pchilik sizlar erishgan yutuqqa 50 ga kirgan san’atkor ham erisha olmasligi mumkin, deb aytishadi. Turmush o‘rto‘gim ham buni eshitib achindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.