Özbekiston

​Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi

photo 45
Foto: SSV

Loading

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini ta’limotlari va astranomik ma’lumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu muborak ayyom va dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatishini ma’lum qiladi:

– 1 257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika;
– 1 080 ta oilaviy shifokor punkti;
– 1 002 ta mahalla tibbiyot punkti;
– tuman, viloyat va respublika shifoxonalari;
– ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari;
– tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari/

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Yurtimiz bo‘yicha 2 755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligini bildiradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.