Mazali
Lavash xamiri, pishloq va kolbasadan nonushta uchun issiq yegulik tayyorlaymiz
“Daryo” nashri taqdim etgan ushbu retsept juda foydali bo‘lib, yegulikni tayyorlash uchun atigi 15 daqiqa ketadi.
Kerakli mahsulotlar:
1. Qattiq pishloq — 140 gr;
2 Kolbasa — 70 gramm;
3. Lavash xamiri — 1 dona;
4. Tuxum — 1 dona;
5. O‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
6. Tuz (ta’bga ko‘ra).
Tayyorlanish jarayoni:
1. Kolbasa yupqa, pishloq biroz qalinroq qilib kesib olinadi;
2. Lavash xamiri ham bir necha to‘rtburchakka bo‘lib, kesib olinadi;
3. Har bir lavash bo‘lagiga pishloq ustidan kolbasa va yana pishloq qo‘yib chiqiladi;
4. Lavash xamirining bir uchi ikkinchi uchiga qarata yopiladi. Yeguliklarda xuddi konvert shakli hosil bo‘lishi kerak;
5. Tuxum tuz bilan aralashtiriladi;
6. So‘ngra har bir lavashli yegulik tuxumga botirilib, yog‘da ikki tomoni qizargunga qadar qovurib olinadi;
Yoqimli ishtaha!
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi