Maşhurlar

Shahzoda bolaligida nega Toshkentga ko‘chib kelishgani haqida gapirib berdi

photo 54
Foto: Instagram (@shahzodasinger)

Loading

Mashhur xonanda va aktrisa Shahzoda o‘zining Instagram sahifasiga yangi post joylashtirdi. Ahamiyatlisi shundaki, uning ko‘pchilik obunachilari post ostidagi izohlarda Shahzodadan nega ota-onasi haqida hech qachon gapirmagani, ular Toshkentga nima uchun va qanday qilib ko‘chib kelganini tushuntirmaganligi so‘rashgan.

“— Men bu haqda ko‘p bora gapirib berganman. Onam – filolog, rus tili o‘qituvchisi, otam esa falsafa fanlari doktori. U viloyat partiya qo‘mitasida ishlay boshlaganidan Toshkentga ko‘chib keldik”, – deb javob bergan xonanda.

Bizningcha, bu savolni bergan obunachi Shahzodaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida oilasi haqida ko‘p gapirmasligi va ular bilan birgalikda tushgan suratlarni chop etmasligini payqagan.

Ma’lumot uchun, xonandaning haqiqiy ismi Musayeva Zilola Baxodirovna. Bo‘lajak yulduz Farg‘onada ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Otasi Moskva universitetida aspiranturada o‘qiyotgandia, qiz va uning onasi 7 yil davomida Moskvaga ko‘chib o‘tishadi. Keyinchalik u vataniga qaytib keladi, lekin tez orada Kiyevga o‘qishga jo‘naydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.