Mazali

Pomidor, baqlajon va sarimsoqdan tayyorlanadigan salat retsepti

photo 56

Loading

“Daryo” nashri taqdim etgan ushbu retseptga ko‘ra, pomidor, baqlajon va sarimsoqli salatni tayyorlash juda oson. Salat kam masalliq talab qilsa-da, mazasi og‘izda qoladi.

Kerakli mahsulotlar:
1. Baqlajon — 2 dona;
2. Bodring — 3 dona;
3. Pomidor — 3 dona;
4. Sarimsoq — 2 bo‘lak;
5. Smetana — 3 osh qoshiq;
6. O‘simlik yog‘i — 70 ml;
7. Ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:
1. Baqlajon katta to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab olinadi.
2. So‘ngra o‘rtacha olovda qizigan yog‘da qovuriladi.
3. Bodring va pomidor ham katta to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.
4. Ko‘katlar mayda to‘g‘raladi.
5. Qovurilgan baqlajon sovigach, to‘g‘ralgan sarimsoq qo‘shiladi.
6. So‘ngra barcha masalliq aralashtirilib, smetana qo‘shiladi.
7. Tuz va ziravorlar sepilib, yaxshilib aralashtirilgach, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.