Buxoro yangiliklari

Lada Vesta avtomobili endi O‘zbekistonda yig‘ilishi mumkin

photo

Loading

Bu haqda ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markazi Osiyo” ko‘rgazmasida kompaniya bosh direktori Maksim Sokolov aytib o‘tdi, – deb xabar bermoqda “Sputnik” nashri muxbiri.

“— O‘zbekistonlik hamkorlarimiz va men avtomobillarimizni yig‘ishni qayta tiklash bo‘yicha rejalarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Ahamiyatlisi, bu yangi avlod Lada Vesta flagman modellari bo‘ladi”, – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da “Innoprom” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Ko‘rgazma bu yil nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan sarmoyaviy iqtisodiy va sanoat istiqbollari kun tartibini ochib beradi.

Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun MDH davlatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Turkmanistondan 5 000 dan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ro‘yxatdan o‘tgan.

Xalqaro ko‘rgazma doirasida tashkil etilayotgan uchrashuvlar, texnologik turlarda Buxoro viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

photo 02 17

Xususan, xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasidagi ana shunday uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi Nijniy Novgorod viloyati gubernatorining o‘rinbosari Andrey Sanosyan tomonidan bolalar uchun yangicha ta’lim faoliyatiga mo‘ljallangan yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan “Kvantorium” ko‘chma bolalar texnoparki Buxoro viloyati hokimligiga sovg‘a sifatida topshirildi.

Qayd etish joizki, “Kvantorium” texnoparki qo‘shimcha ta’limning yangi shakli bo‘lib, bolalarning fan va texnologiyaga qiziqishini rag‘batlantiradi, ularga zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish va kelajakdagi kasbni tanlash imkoniyatini beradi.

Texnopark asosida bolalar «soft skills», ya’ni “yumshoq ko‘nikmalar”ni shakllanishiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, loyiha faoliyatida jamoaviy ishlash, ijodiy va tanqidiy fikrlashni o‘rganadilar.

Ma’lumot uchun, “Kvantorium” mobil texnoparkining bir guruh ustoz va murabbiylari o‘tgan yili Buxoro viloyatida bo‘lib, “PROMROBO KVANTUM”, “VR/AR-KVANTUM”, “XAYTEK” va “GEOKVANTUM” yo‘nalishlariga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida o‘quv amaliy trening mashg‘ulotlarini o‘tkazishgan edi.

Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Investitsion bitimlar va savdo shartnomalarining mustahkam paketi imzolanishi kutilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.