Jahon

Jonli efirda Turkiya prezidentining sog‘ligi yomonlashdi, translyatsiya 20 daqiqaga uzildi. Keyin nima bo‘ldi?

photo
Foto: TV5 (Turkiya)

Loading

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning TV dagi jonli efirdagi intervyusi to‘satdan uzilib qoldi. Qayd etilishicha, Erdo‘g‘on oshqozonidagi shamollash tufayli jonli efirda o‘zini yomon his qildi.

Ko‘rsatuv efiri kecha, 25-aprel kuni kechki payt respublika rahbarining saylovoldi dasturi tig‘izligi tufayli, kech boshlanganligi xabar qilinmoqda.

Mahalliy telekanal jurnalisti kutilayotgan saylovlar xususan, Vazirlar Mahkamasidagi bo‘lajak o‘zgarishlar haqida savol bera boshlaganida, jonli efir to‘satdan to‘xtatilgan. 20 daqiqa davom etgan “jimlik” ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Efir qayta tiklanganidan keyin Turkiya prezidenti ko‘rinish berib, tomoshabinlardan uzr so‘radi.

“— Avvalo, Sizlarga sihat-salomatlik tilayman. Kecha va bugun saylovoldi ishlari qizg‘in tarzda kechdi. Shu sabab ham oshqozon shamollashiga duchor bo‘ldim. Intervyuni bekor qilish haqida ham o‘yladim. Lekin va’da berganim uchun keldim. Vaqti-vaqti bilan shunday muammolarga duch kelaman, buning uchun barchadan uzr so‘rayman”, — dedi Turkiya rahbari.

Shu bilan 2 ta qisqa savoldan so‘ng boshlovchi R. T. Erdo‘g‘on bilan suhbat “janob prezidentga dam olishga imkon berish” uchun yakunlanayotganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14-mayga belgilangan bo‘lib, amaldagi prezident R. T. Erdo‘g‘onning asosiy raqibi — muxolifatdagi “Xalq alyansi” partiyasidan yagona nomzod Kemal Qilichdoro‘g‘li bo‘lib turibdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.