Jahon

Hindistonda ishlab chiqarilgan yana bir yo‘tal siropi xavfli deb topildi

photo

Loading

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Marshall orollari va Mikroneziyada Hindistonda ishlab chiqarilgan xavfli yo‘tal siropi yuki topilganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

JSST Panjob “QP Pharmachem Ltd.” tomonidan ishlab chiqarilgan Guaifenesin TG siropining sinovdan o‘tkazilgan namunalarida “qabul qilib bo‘lmaydigan miqdorda dietilen glikol va etilen glikol” borligini ta’kidladi.

Ta’kidlanishicha, sirop tarkibidagi ikkala birikma ham odamlar uchun zaharli va iste’mol qilingan taqdirda o‘limga olib kelishi mumkin. JSST bayonotida kimdir preparat oqibatida kasal bo‘lgan-bo‘lmaganiga aniqlik kiritilmagan.

JSST ning mazkur ogohlantirishi Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” yo‘tal siroplari Gambiya va O‘zbekistonda bolalar o‘limiga olib kelganidan keyingisi hisoblanadi.

“QP Pharmachem Ltd.” boshqaruv direktori Sudhir Pazakning aytishicha, kompaniya barcha tartibga soluvchi ruxsatlarni olgandan keyin 18 346 ta sirop partiyasini Kambodjaga eksport qilgan. U mazkur mahsulot Marshall orollari va Mikroneziyaga qanday yetib kelganini bilmasligini aytdi.

“— Biz dorilarni Tinch okeani mintaqasiga jo‘natmaganmiz va ular u yerda foydalanish uchun sertifikatlanmagan. Siroplar Marshall orollari va Mikroneziyaga qanday sharoitda yetib kelganini bilmaymiz”, — degan “QP Pharmachem Ltd.” boshqaruv direktori Sudhir Pazak.

Pazak uning kompaniyasi dori-darmonlar partiyasini Kambodjaga eksport qilgan firmaga qonuniy bildirishnoma yuborganini aytdi.

JSST bayonotida aytilishicha, ko‘krak qafasidagi yo‘tal alomatlarini yo‘qotish uchun ishlatiladigan mahsulot Avstraliya dori vositalari boshqarmasi, Terapevtik tovarlar boshqarmasi tomonidan sinovdan o‘tgan.

Sirop Haryana shtatida joylashgan Trillium Pharma tomonidan sotilgan. Trillium vakili va Hindiston hukumati mazkur xabarga munosabat bildirmagan.

“Na ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchi, na sotuvchi JSST ga ushbu mahsulotlarning xavfsizligi va sifati bo‘yicha kafolat bermagan”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

Nega Hindistonda ishlab chiqarilgan dorilar xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqda?

Hindiston rivojlanayotgan mamlakatlarning tibbiy ehtiyojlarining katta qismini qondiradigan umumiy dori vositalarining dunyodagi eng yirik eksportchisi hisoblanadi.

Ammo so‘nggi oylarda ko‘plab hind firmalari o‘z dori-darmonlarining sifati uchun tekshiruvdan o‘tmoqda va mutaxassislar ushbu preparatlarning ishlab chiqarish amaliyotidan tashvishlanmoqda.

Oktyabr oyida JSST global ogohlantirishni e’lon qilgan va Maiden Pharmaceuticals tomonidan ishlab chiqarilgan to‘rtta yo‘tal siropi Gambiyada buyrak shikastlanishidan 66 bolaning o‘limiga olib kelganini aytgan.

Hindiston hukumati ham, Maiden Pharmaceuticals kompaniyasi ham bu ayblovlarni rad etgan.

Mart oyida Hindiston yo‘tal siroplari O‘zbekistonda bolalarning o‘limiga aloqador bo‘lgan firmaning ishlab chiqarish litsenziyasini bekor qilgan.

Eslatib o’tamiz, Samarqanddagi bolalar shifoxonasida «Dok-1 Maks» preparati sabab 15 nafar bola vafot etgani haqida xabar bergan edik. Shundan so’ng, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ushbu dorini import qilgan “Quramax medical” MCHJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Hindiston hukumati ham «Dok-1 Maks» dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochgan edi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.