Buxoro yangiliklari
Rost va yolg‘on xabarlar (koronavirus)
Koronavirus va karantinga oid rost va yolg‘on xabarlar
Ayni kunlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga oid vaziyat biroz yomonlashayotgani ortidan o‘tgan yilgi karantin cheklovlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda takroran aylanib yuribdi. Ko‘pchilik qaysi xabar joriy yilgi va qaysi biri o‘tgan yilgi ekanligini farqlay olmayapti, chunki sanalar bir-biriga to‘g‘ri kelmoqda.
Quyida rost va yolg‘on xabarlarni yig‘ib chiqishga harakat qildik:
Rost xabarlar:
✅ Zangiotadagi maxsus shifoxonoda so‘nggi 10 kunda bemorlar ko‘paydi;
✅ Koronavirusga qayta chalinganlar ham davolanmoqda;
✅ Bolalar orasida virusga chalinish soni oshmoqda;
✅ Buxoroda jamoat transportida niqobsiz yurish taqiqlandi;
✅ Nurmat Otabekov: “Karantin cheklovlarini kuchaytirish uchun asos yo‘q”;
✅ Toshkentda epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1 aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin;
✅ 16-mart kunidan boshlab poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablarda o‘qish onlayn rejimga o‘tkazildi;
✅ Karantin cheklovlariga amal qilmagan (xususan tibbiy niqobsiz bo‘lgan) fuqarolarga ma’muriy jarimalar qo‘llash yana boshlandi;
✅ Navro‘z bayrami tadbirlari ob-havo sharoitini inobatga olgan holda ochiq joylarda, ya’ni bog‘lar, xiyobonlar va o‘yingohlarda o‘tkaziladi;
✅ Navro‘z bayramida aholi gavjumligining oldini olish maqsadida tadbirlarni kichik hajmda mahallalarda tashkil etiladi va barcha tashrif buyuruvchilar niqobda bo‘lishi talab etiladi;
✅ Koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 100 dan oshdi;
✅ 7-mart kuni koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor vafot etdi;
✅ Olmazor tumanidagi 117-sonli bog‘chaning 2 nafar tarbiyalanuvchisi va 2 nafar tarbiyachisida koronavirus infeksiyasi aniqlanishi sabab bog‘cha vaqtincha yopildi;
✅ Toshkent viloyatidagi bozor va jamoat joylarida nazorat kuchaytirildi.
Yolg‘on xabarlar:
❌ 16-martdan karantin e’lon qilindi va OTM hamda maktablar to‘liq onlayn o‘qishga o‘tdi;
❌ Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari «to‘lib ketdi», reanimatsiya bo‘limlarida bemorlar og‘ir ahvolda;
❌ 27-mart soat 10:00 dan e’tiboran viloyatlararo transport vositalarining harakati butunlay to‘xtatiladi;
❌ 27-martdan viloyatlar tarkibidagi shahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtincha cheklanadi;
❌ zarur bo‘lmagan hollarda fuqarolarga uyidan tashqariga chiqishi cheklanadi;
❌ faoliyatini to‘xtatmagan barcha ko‘ngilochar obyektlar, shu jumladan restoran, kafe, oshxona, choyxona, singari tadbirkorlik subyektlariga keskin jazo choralari ko‘riladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi