Buxoro yangiliklari

Nega 3 ayol va 1 ta erkak kogonlik tanishining uyiga kirib, uni sochini olib, do‘pposlashdi?

photo
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

So‘nggi vaqtlarda internetda odamlarning bir biriga xususan ayollarga nisbatan zuravonlik qilingani yoki o‘z boshimchalik bilan samomud qilingan holatlarga guvoh bo‘lyapmiz. Shunga o‘xshash yana bir holat Buxoro viloyatining Kogon tumanida ham qayd etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qilmoqda.

Aniqlanishicha, 3 ayol va 1 erkak o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Kogon tumanidagi “Tutkunda” mahallasida yashovchi ayolning uyiga go‘yoki “Shohrux” ismli yigitni so‘rab kelib, xonadonga kirish eshigi ustiga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamasinining simini uzib, jinoiy guruh a’zolari uyga aldov yo‘li bilan kirishiga erishgan.

photo 03 1

Jabrlanuvchi ayol bilan ilgaridan bo‘lgan kelishmovchilikni ro‘kach qilib, uni “samosud” qilish maqsadida xonadon yotoqxonasiga majburan olib kirishgan. Eshikni ichkaridan qulflab, o‘zbek ayollariga xos bo‘lgan iffat, ibo va hayoni esdan chiqargan ayollar, jabrlanuvchiga zo‘rlik ishlatib, uni urib, sochlarini qaychi bilan kesib tashlab, sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, unga yengil tan jarohati yetkazishgan.

Ular, shuningdek, mazkur jarayonni mobil telefonga tasvirga olib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, voqea joyidan yashirinishgan.

photo 02 1

Buxoro viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasining “Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish” bo‘limi hamda Kogon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur jinoiy guruh fosh etilgan.

Eslatib o‘tamiz, hurmatli fuqarolar! Har qanday qonunbuzarlik uchun javobgarlik muqarrar. O‘zboshimchalik bilan birovning qilgan noqonuniy hatti harakatlarini pesh qilib samosud qilish, qonunga zid ravishda kimningdir ustidan hukm chiqarish yoki o‘zboshimchalik bilan jazolash — og‘ir jinoyatdir.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.