Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi “Garden Plaza” mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

photo
Foto: Buxoro viloyati FVB

Loading

Kecha, 5-may kuni soat 20:04 da Buxoro shahri, “Dilkusho” MFY da joylashgan “Buxoro Garden Plaza” mehmonxonasida yong‘in kelib chiqqan. Holat bir nechta Telegram tarmog‘idagi kanallar orqali keng omma e’tiboriga tushdi.

Buxoro viloyati FVB ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur mehmoxonaning 6-qavatida joylashgan balkonda 2 m2 maydonda o‘ralgan chodir (brezent)  qoplamasi yonib ketgan. Bu haqda navbatchi dispetcher xizmatiga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlari jalb etilgan.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yong‘inni mehmonxona ishchi-xizmatchilari tomonidan mustaqil ravishda o‘chirilishga erishilgan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va  moddiy zarari aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida fuqarolarning kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.